Prevyu. "Buxoro" - "Paxtakor"
16 avg 2015 10:00
Yangiliklar


Prevyu. "Buxoro" - "Paxtakor"
Buxoro (Buxoro) – Paxtakor (Toshkent)
16 avgust 2015. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:30
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), N. Ro'zimov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.
“Buxoro” hamda “Paxtakor” oliy ligada 45 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 32tasida “Paxtakor” g'olib bo'lgan, 7ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Buxoro” hozirga qadar “Paxtakor”ni 6 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 100:32 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda “sherlar” 103 ochkoni, “Buxoro” esa 25 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Paxtakor”ning “Buxoro” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 8:0ga teng. “Buxoro”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.
3-turda Toshkentda kechgan uchrashuv “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeevning benefisiga aylanib ketgandi. O'shanda terma jamoamiz hujumchisi uch bor buxoroliklar darvozasini ishg'ol qilgandi. Bunga Dilyaver Abibullaev chiroyli gol bilan javob qaytargandi xolos – 3:1.
Buxoroda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.05.2014 Buxoro - Paxtakor 0:0
04.07.2013 Buxoro - Paxtakor 1:0
15.03.2012 Buxoro - Paxtakor 0:1
24.09.2011 Buxoro - Paxtakor 0:0
09.11.2009 Buxoro - Paxtakor 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonida “Paxtakor”ni besh marta mag'lub etgan. Olti bor Buxoroda g'olib aniqlanmagan. “SHerlar” bu jamoa maydonidan 11 bor g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi ikki yilda “Paxtakor” Buxoroda gol ura olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar