Prevyu. "Buxoro" - "Neftchi"
05 noy 2015 09:35
Yangiliklar
Prevyu. "Buxoro" - "Neftchi"
Buxoro (Buxoro) – Neftchi (Farg'ona)
5 noyabr 2015. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 14:00
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 45 bor kesishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 34ta o'yinda farg'onaliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 96:35. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 104 ochkoni, “Buxoro” esa 29 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Neftchi” oliy ligada “Buxoro” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vodiy klubining eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi esa 4:1 bo'lib turibdi.
Birinchi davrada “Neftchi” o'z uyida g'alabaga erishgan. Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tgan uchrashuv taqdirini Akmal Xolmatov tomonidan urilgan yagona gol hal qilgandi – 1:0.
Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.03.2014 Buxoro - Neftchi 1:0
20.06.2013 Buxoro - Neftchi 1:0
03.08.2012 Buxoro - Neftchi 1:1
21.05.2011 Buxoro - Neftchi 0:1
30.04.2009 Buxoro - Neftchi 1:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda 9 marta g'alabaga erishgan. Ikki bahsda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 11ta o'yinda “Neftchi” Buxorodan 3 ochko bilan qaytgan. “Buxoro” maydonidagi oxirgi uchta o'yinda Farg'ona klubi g'alabaga erisha olmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar