So’nggi yangiliklar

23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  0 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  0 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  3 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  7 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  24 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  36

Prevyu. "Bunyodkor" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Mashal"

Teglar :  BunyodkorMashal
Bugun oliy liganing 3-turida "Bunyodkor" va "Mashal" klublari to'qnash kelishadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), D. Akmalov (Toshkent).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 16 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning yaqqol ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 15ta bahsda g'alaba qozonishgan. “Mashal” hisobida bitta g'alaba bor. To'plar nisbati 36-4 “Bunyodkor” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 45 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal”da bu ko'rsatkich hozircha 3 bo'lib turibdi.

“Bunyodkor”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1. “Mashal”ning yagona g'alabasi 3:2ga teng.

O'tgan mavsum Toshkentdagi bahsda Sardor Rashidov, Timur Ayupov, Sardor Sobirxo'jaev va SHaker Zuagining urgan gollari “qaldirg'ochlar”ga yirik g'alabani taqdim etgandi. Muborakda esa “Mashal” tarixiy g'alabaga erishgandi. SHaker Zuagi hisobni ochgandi. Bunga Mikita Bukatkin javob bergandi. Taym so'nggida Eldor SHomurodov sobiq klubi darvozasini ishg'ol qilib “Bunyodkor”ni oldinga olib chiqqandi. Siroj Hamroev va Zafar To'raevning gollari Muborak klubiga 3:2 hisobidagi g'alabani keltirgandi – 3:2.

Toshkentda o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
15.05.2015 Bunyodkor - Mashal 4:0
10.08.2014 Bunyodkor - Mashal 5:1
15.03.2012 Bunyodkor - Mashal 1:0
05.11.2011 Bunyodkor - Mashal 2:0
05.06.2010 Bunyodkor - Mashal 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentdagi o'yinlarda “qaldirg'ochlar” 22 marta gol urishgan va barcha o'yinlarda g'alaba qozonishgan. Muborak klubi bu jamoa darvozasiga safarda faqat bitta gol urgan.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика