Prevyu. "Bunyodkor" - "Lokomotiv"
11 apr 2014 08:29
Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Lokomotiv"
Mavsumning dastlabki Toshkent derbisi "Jar" stadionida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'rtasida bo'lib o'tadi.
BUNYODKOR - LOKOMOTIV
11 aprel. Toshkent. “Jar” stadioni. 18:00
Hakamlar: X.Ro'ziev, A.Usmonov, M.Saidqosimov, E.Tursunov
Nazoratchi: A.Popov.
“Bunyodkor” va “Lokomotiv” oliy ligada 12 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.
“Bunyodkor” ushbu raqibni 7 marta mag'lub etgan. 3ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” hozirgacha “Bunyodkor”ni 2 marta mag'lub eta olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 22ta gol urgan, “Lokomotiv” futbolchilari 12 marta hamshaharlari darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 24 ochkoga ega bo'lgan, “temiryo'lchilar” hisobida 9 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “Lokomotiv”ning eng yirik g'alabasi – 3:1.
O'tgan yil ikkala bahsda ham 1:1 hisobi qayd etilgan. “Jar”dagi o'yinda Oleksandr Pishur penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, Farhod Tojiev aynan penaltidan so'ng hisobni tenglashtirgandi – 1:1. Javob bahsida ham hisobni Pishur ochgan. Ikkinchi bo'limda Dilshod Jabborov bunga javob bergan – 1:1.
“Bunyodkor” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
04.07.2013 Bunyodkor - Lokomotiv 1:1
22.04.2012 Bunyodkor - Lokomotiv 1:1
16.10.2010 Bunyodkor - Lokomotiv 1:0
24.10.2009 Bunyodkor - Lokomotiv 2:1
02.05.2008 Bunyodkor - Lokomotiv 2:0
17.03.2007 Bunyodkor - Lokomotiv 3:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” maydonida bo'lib o'tgan 6ta o'yinning to'rttasida g'alaba qozongan va ikki bor durang o'ynagan. “Qaldirg'ochlar” o'z uylarida bu raqibga umuman yutqazishmagan.
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar