So’nggi yangiliklar

18:57Суперлига. "Қўқон-1912" - "Насаф". Таркиблар маълум  0 18:35Суперлига. "Бухоро" – "Динамо" 0:1 (матнли трансляция)  9 18:17"Ливерпуль" ва "Арсенал"га 65-70 млн фунтлик ўйинчи қизиқ  0 17:51"Байер", "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  1 17:30"Химки" — "Рубин". Таркиблар маълум  0 17:23"Сумқайит" ва "Сабаҳ" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0 16:20"Реал" "Байер"дан Гримальдо трансферини кўриб чиқмоқда. Чап қанот ҳимоячиси - "Барса" тарбияланувчиси  1 15:53Неймар Бразилияда қолмоқчи  2 15:25Расман: Хейсен "Реал"га ўтмоқда  2 15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  5 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  8 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  18 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9

Prevyu. "Bunyodkor" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Buxoro"

Teglar :  BunyodkorBuxoro
"Bunyodkor" klubi bugun Toshkentda "Buxoro" bilan kuch sinashadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Buxoro (Buxoro)
14 may 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

“Bunyodkor” va “Buxoro” oliy ligada 16 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” ushbu raqibni 14 marta mag'lub etgan. “Buxoro” “qaldirg'ochlar”ga qarshi o'yinda ikki bor durang o'ynagan. Jamoa Toshkent klubini umuman mag'lub eta olmagan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 41ta gol urgan, “Buxoro” futbolchilari atiga 4 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 44 ochkoga ega bo'lgan, “Buxoro” hisobida 2 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 5:0ga teng. “Buxoro” hisobida g'alaba umuman yo'qligi haqida aytib o'tdik.

O'tgan yil ikkala bahsda ham “Bunyodkor” g'alaba qozongan. O'z maydonida SHaker Zuagi va Mirzohid G'ofurovning urgan gollari “qaldirg'ochlar”ga 3 ochko keltirgan. Buxoroda mezbonlar safida Sergey Georgiev to'p kiritgan, bunga Eldor SHomurodov va Dostonbek Hamdamov javob berishgandi – 1:2.

Toshkentda o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
12.03.2015 Bunyodkor - Buxoro 2:0
13.09.2014 Bunyodkor - Buxoro 5:0
05.05.2013 Bunyodkor - Buxoro 4:0
24.09.2012 Bunyodkor - Buxoro 1:0
20.06.2011 Bunyodkor - Buxoro 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” o'z maydonidagi 8ta o'yinning barchasida g'olib bo'lgan. Etiborlisi “Buxoro” Toshkentda ushbu jamoa darvozasiga umuman gol ura olmagan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика