So’nggi yangiliklar

17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  0 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  0 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  1 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  1 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  1 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  2 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  1

Prevyu. Bundesliga: Yangi murabbiylarning o'zaro to'qnashuvi, mag'lubiyatsiz ketayotgan "Xoffenxaym"ning "Augsburg"ga tashrifi va boshqa o'yinlar Yangiliklar

Prevyu. Bundesliga: Yangi murabbiylarning o'zaro to'qnashuvi, mag'lubiyatsiz ketayotgan "Xoffenxaym"ning "Augsburg"ga tashrifi va boshqa o'yinlar

Germaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bugun o'tkaziladi.

Evropa kuchli beshligida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turgan "Xoffenxaym" ushbu turda "Augsburg" mehmoni bo'ladi. Yulian Nagelsmann shogirdlari hozirda barchaning diqqat-etiborida bo'lib turishibdi. "Xoffenxaym" joriy mavsumni yaxshi kayfiyatda o'tkazmoqda. "Augsburg" borasida esa bu fikrni aytish biroz mushkul. Manuel Baum boshchiligidagi "Augsburg" 16-turdan so'ng 18 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.
Jamoa ushbu mavsumda o'z uyidagi 8ta o'yinning ikkitasini o'z foydasiga hal etgan. Uchta bahsda esa durang qayd etilgan va yana uchta bellashuvda "Augsburg" imkoniyatni boy bergan.
Ko'rinib turibdiki, "Augsburg" o'z maydonidagi uchrashuvlarni ham bir maromda o'tkazishda muammolarga ega. "Xoffenxaym" esa mehmonda 7ta o'yin o'tkazib, 2ta g'alaba va beshta durang qayd etgan. Jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "Xoffenxaym" bu o'yindan keyin ham mag'lubiyatsiz seriyasini uzaytirish imkoniyatiga ega. "Augsburg" ayni paytda hech kim mag'lub eta olmayotgan jamoaga qarshi kerakli "qurol"ni topishiga ishonish qiyin. Ammo bu futbol. Qishki tanaffusdan keyin qaysi jamoa tezda o'yinga "kirishib" ketishi ham ko'p narsani hal etishi mumkin.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalarning o'zaro o'yinlarida ham ustunlik "Xoffenxaym" tarafida. O'tkazilgan 10ta o'yindan 5tasida "Xoffenxaym", 3tasida "Agubsrug" g'alaba qozongan. Qolgan ikkita o'yin esa durang bilan tugagan.


"Augsburg" - "Xoffenxaym" (19:30)

"Arena".

Bosh hakam: Markus SHmidt.


CHempionat autsayderi "Darmshtadt" o'z maydonida mavsumning ilk qismini juda xunuk o'tkazgan Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasini qabul qiladi. Har ikkala jamoa uchun birinchi davra muvaffaqiyatsiz o'tdi. Qishki tanaffusdan keyin ularning ishi qay tarzda kechishini esa ko'ramiz. "Darmshtadt" ham, myonxengladbaxliklar ham yo'qotilgan qimmatli ochkolarni o'rnini to'ldirish uchun ham bu bahsda g'alaba uchun harakat qilishadi.
"Darmshtadt"ga yaqindagina yaqin o'tmishning ajoyib futbolchisi bo'lgan Torsten Frings bosh murabbiy etib tayinlandi. Fringsning asosiy vazifasi jamoani qaddini tutib olishida ko'maklashish. Frings qo'l ostidagi jamoani ko'rish qiziq bo'ladi.

Qizig'i, Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasida ham yangi murabbiy ish boshlagan. Andre SHubert o'rniga kelgan ajoyib mutaxassis Diter Xekking endilikda "Borussiya"ga bosh murabbiylik qiladi.

Yangilangan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi qiziq bo'lishi aniq. Torsten Frings va Diter Xekking o'zlarining yangi jamoalaridagi debyut bellashuvini o'tkazishadi.
Yangi murabbiylarning qaysi biriga debyut o'yini omadli bo'ladi? Bu savolga ushbu uchrashuv orqali javob olamiz.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixi uzun emas. Bu ikki jamoalar jami ikki marotaba o'zaro duch kelishgan va har ikkalasida "Boruusiya M" g'alaba qozongan.


"Darmshtadt" - "Borussiya M" (19:30)

"SHtadion am Bellenfalltor" stadioni.

Bosh hakam: Marko Fritc.


Bundesligani kutilmaganda o'ta muvaffaqiyatsiz boshlagan "SHalke" qishga kelib o'zini o'nglab olgandi. Jamoa turnir jadvalining eng quyi pog'onalarida ham ancha sayr qilishga ulgurdi. "SHalke" ayni paytda 11-o'rinda bormoqda. "SHalke"ning mehmoni sanalgan "Ingolshtadt" esa xavfli hudud vakili hisoblanadi. Mayk Valpurgis shogirdlari "Darmshtadt"dan keyingi pog'onani band etib turishibdi.
Qiziq tomoni shundaki, "Ingolshtadt" ushbu mavsumda erishgan uchta g'alabasidan ikkitasini aynan safardagi o'yinlarda qayd etgan. Bu esa "SHalke"ga ogohlik qo'ng'iroqi bo'lib xizmat qilishi kerak.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"SHalke" jamoasi "Ingolshtadt" bilan jami ikki marotaba o'zaro to'qnash kelgan. O'tkazilgan uchrashuvlarning hech birida gelzerkirenliklar g'alaba qozonishmagan. O'zaro o'yinlarda ustunlik "Ingolshtadt"ga tegishli. Bu jamoalarning bitta uchrashuvida durang qayd etilgan va yana bir to'qnashuv "Ingolshtadt"ning g'alabasi bilan yakun topgan.


"SHalke" - "Ingolshtadt" (19:30)

"Veltins-Arena" stadioni.

Bosh hakam: Xarm Osmers.


Turnir jadvalining 6-pog'onasini o'ziniki qilib o'tirgan Dortmundning "Borussiya" jamoasi qishki tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini bremenda o'tkazadi. Bremenning "Verder" jamoasi o'z uyida Tomas Tuxel shogirdlarini sinovdan o'tkazib ko'radi.

Aleksander Nuri boshchilik qilayotgan bremenliklar ayni paytda 16 ochko to'plagan holda 15-o'rinni egallab turibdi. Bu natija "Verder"dek jamoa uchun uyatli albatta. Ularning bugungi raqiblarining band etib turgan o'rinlari ham dortmunliklarni aslo qanoatlantirmaydi. CHempionlik uchun kurashadigan "Borussiya" ayni paytda ikkinchi o'rindagi "Leypcig"dan 9 ochkoga ortda qolmoqda. Tomas Tuxel ikkinchi davrada ushbu holatni va jamoaning hozirgi mavqeini ko'tarishga etibor qaratishga majbur. Aks holda Tomas Tuxelning "kreslosi" qimirlab qolishi shubhasiz.
Jamoalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu to'qnashuvda favorit bu "Borussiya D" jamoasi sanaladi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Jamoalar jami 50 marotaba o'zaro kuch sinashishgan. Bremenning "Verder" jamoasi hisobida 15ta g'alaba mavjud. "Borussiya D" esa 26 bor g'alaba qozongan. Qolgan 9 uchrashuvda durang qayd etilgan.


"Verder" - "Borussiya D" (19:30)

"Vezer-SHtadion" stadioni.

Bosh hakam: Daniel SHibert.

Translyaciya: (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)


Yana bir bahs turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalar o'rtasida kechadi. "Volfsburg" jamoasi bu turda o'z maydonida "Gamburg" bilan o'zaro hisob-kitob qilib oladi.
Bu ikkala jamoa uchun joriy mavsum ko'ngildagidek kechmayapti. Qutqaruvchi sifatida tashrif buyurgan Valerien Ismael "bo'rilar"ni inqiroz ko'chasidan olib chiqib ketishga harakat qiladi. Markus Gisdol esa "Gamburg"ni yana elitada olib qolishga katta urg'u qaratadi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar barcha musobaqalarda jami 38 marotaba duch kelishgan. SHularning 9tasida "Gamburg"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 15 uchrashuv "Volfsburg" foydasiga hal bo'lgan. Qolgan 14 o'yin esa durang bilan tugagan.


"Volfsburg" - "Gamburg" (19:30)

"Folksvagen-Arena" stadioni.

Bosh hakam: Feliks Zvayer.


Mavsum kashfiyoti "RB Leypcig" jamoasi uchun Bundesligadagi debyut ancha omadli boshlandi. Jamoa ketma-ket g'alabalar seriyasini, mag'lubiyatsiz seriyani taqdim etdi. Ralf Xazzenxyuttl shogirdlari bir muddat turnir jadvali karvonboshchisi rolida ham bo'lishdi. Ammo qishki tanaffus oldidan "Bavariya"ga duch kelgan "buqalar"ni Germaniya futboli afsungarlari dog'da qoldirishdi va "Leypcig"ni ikkinchi pog'onani egallab turishini taminlashdi.
Ayni paytda eng yaqin taqibchisidan 6 ochkoga ilgarilab ketgan "RB Leypcig" jamoasi to'rtinchi pog'onada ketayotgan "Ayntraxt"ni qabul qiladi. Bu to'qnashuv har ikkala jamoa uchun ham ushbu mavsumdagi o'ziga xos imtihon va sinov o'yini bo'ladi.
CHunki Niko Kovach shogirdlari uchun ham mavsum ancha ko'tarinki ruhda boshlandi va ular shu tempda buyog'ini ham davom ettirish harakatidalar.
Ushbu mavsumda bu ikkala jamoa sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga egalar. Bu bahs ular uchun nafaqat qimmatli 3 ochkolik, balki 6 ochkolik qiymatga ega, desak ham mubolag'a bo'lmaydi.
Mavsumni xush kayfiyatda boshlagan bu ikki jamoa endi yangi 2017 yilni qay tarzda boshlashlari qiziq.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu uchrashuv jamoalarning o'zaro dastlabki to'qnashuvi bo'ladi.


"RB Leypcig" - "Ayntraxt" (22:30)

"Red Bull Arena Leypcig" stadioni.

Bosh hakam: Deniz Aytekin.

Translyaciya: (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)


Bundesliga, 17-tur. Turnir jadvali

* Bundesliganing 17-turidan o'rin olgan qolgan ikkita uchrashuvi yakshanba kuni o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика