So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  232 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Prevyu. Bundesliga: CHempionatning eng mehnatkash jamoasi peshqadamga qarshi Yangiliklar

Prevyu. Bundesliga: CHempionatning eng mehnatkash jamoasi peshqadamga qarshi

Nihoyat Germaniya chempionati ishqibozlari va shinavandalari kutgan damlar etib keldi.


O'tgan yilning dekabr oyida tanaffusga chiqib ketgan Bundesliga karvoni yana yo'lga tushish arafasida turibdi.


Tunda "Badenova-SHtadion"da Germaniyada 2017 yilning ilk o'yini o'tkaziladi. Unda Kristian SHtrayx shogirdlari, yani "Frayburg" jamoasi peshqadam "Bavariya"ni qabul qilishadi.
Bu uchrashuv bundesliganing birinchi davrasidan o'rin olgan oxirgi turni ochib beradi.

Tan olish kerak, "Frayburg" ushbu mavsumda SHtrayx qo'l ostida ajoyib  o'yin ko'rsatmoqda. Jamoa hozirgacha o'tkazilgan 16ta o'yinda jami 23 ochko to'plab, turnir jadvalida 8-o'rinni band etib turishibdi.
"Frayburg" o'z uyida yaxshi o'yin o'tkazadigan jamoalar sirasiga kiradi. "Frayburg" ettita g'alabaning beshtasini aynan "Badenova-SHtadion"da bo'lib o'tgan o'yinlarda qo'lga kiritgan.

Kristian SHtrayx shogirdlari Bundesligadagi eng mehnatkash jamoa bo'lib turibdi. "Frayburg" har o'yinda o'rtacha 117,7 km masofani bosib o'tib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha peshqadam bo'lib turibdi. Ularning bugungi raqiblari "Bavariya" futbolchilari esa har bir uchrashuvda o'rtacha 6,5 km masofani bosib o'tishadi. "Bavariya" bu ko'rsatkich borasida 15-pog'onada turibdi.
"Frayburg"ning muvaffaqiyatining siri ham ularning mehnatkashligi va tirishqoqligida bo'lib turibdi. Jamoa joriy mavsumni imkon qadar yuqori notada o'tkazish uchun ancha ter to'kmoqda. Mehnatlar samarasi sifatida ularning egallab turgan o'rinlarini ko'rsatish mumkin. Jamoa agarda ikkinchi davrani ham ko'tarinki ruhda o'tkaza olsa, unda Kristian SHtrayxning "Frayburgi" evrokuboklar uchun beriladigan yo'llanmalardan birini qo'lga kiritishi ham mumkin.
"Frayburg" muxlislari aynan shu orzu bilan mavsumning ikkinchi qismini intiqlik bilan kutishmoqda. "Frayburg" o'z tarixida ikki marta UEFA kubogida qatnishish imkoniyatiga ega bo'lgan. Kristian SHtrayx esa bu ko'rsatkichni joriy mavsumda yana bittaga oshirish maqsadida. Frayburg shahri yana evrokuboklar havosini sog'inib qolgan va jamoa ishqibozlari SHtrayx boshchiligidagi "qo'shin"ga ishonishmoqda.


"Frayburg" jamoasining ikki nafar futbolchisi Mark-Oliver Kempf va Georg Nidermayer anchadan buyon o'z jarohatini tuzatish bilan band. SHuningdek, jamoaning asosiy markaziya himoyachilaridan biri CHaglar Syoyundjyu ham jarohati bois ushbu bahsni o'tkazib yuborishga majbur.
Bu esa "Frayburg" uchun yo'qotish sanaladi.

O'yin oldi tashkil etilgan matbuot anjumanida "Frayburg" ustozi Kristian SHtrayx shunday dedi:
- "Bavariya" raqiblarini mensimaydigan jamoa emas. Agarda myunxenliklar o'z o'yinlarini to'liq namoyish eta olishsa, unda ular bizlarni bemalol mag'lubiyatga uchratishadi. SHu boisdan ham biz ularga o'z o'yinlarini namoyish etishlariga yo'l qo'ymaslikka va ularga muammolar yaratishga harakat qilmog'imiz lozim.


Qatarning Doha shahrida Germaniya chempionatining ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rgan "Bavariya" esa ancha yaxshi kayfiyatda Frayburgga tashrif aylashmoqda.
Tanaffusga Bundesligada anchagina baland shovqin ko'tarishga muvaffaq bo'lgan "RB Leypcig"ni tor-mor etib, turnir jadvalining yakka peshqadami sifatida chiqib ketgan Anchelotti shogirdlari uchun birinchi davraning so'nggi bellashuvi oson o'tmasligi aniq.
Qishki chempion yangi yildagi o'zining ilk rasmiy bahsini chempionatning eng mehnatkash jamoasiga qarshi o'tkazadi. "Bavariya" bu o'yinda so'zsiz favorit. Buni inkor etib bo'lmaydi. Myunxenliklar istalgan to'qnashuvning asosiy favoriti sifatida qaralishi bu yangilik emas. Faqatgina Anchelotti shogirdlari Frayburg safaridan ideal o'yin orqali 3 ochkoni "cho'ntak"ka solib qaytishlari mumkin. Aks holda qishki chempionga mezbonlar kutilmagan bosh og'riq va muammolarni taqdim etishlari hech gap emas. 

Karlo Anchelottining "Bavariya"si qishki o'quv-mashg'ulot yig'ini chog'ida yanada jipslashib, yanada shakllanishga erishdi. Mavsumning ilk qismiga qaraganda hozirgi "Bavariya" yanada kuchaygan. Anchelottining rejalari bo'yicha, "Bavariya" mavsumning hal qiluvchi qismiga qadar muntazam ravishda kerakli miqdorda kuchayib, jamoaning o'yini sayqallashib borishi lozim. Anchelotti aynan shu narsaga alohida etibor qaratadigan mutaxassislar sirasiga kiradi. Kuz va qishning ilk oylaridagi "Bavariya" hali o'zining maksimum kuchini namoyish etgani va sarflagani yo'q. Asosiy kuch reja bo'yicha bahor oyiga kelib ishga tushmog'i lozim. Unga qadar esa jamoa yana asta-sekin o'zining optimal formasiga kirib borishi darkor.


"Bavariya" tarkibida ushbu uchrashuv oldidan ikkita yo'qotish mavjud. Jerom Boateng va Tyago Alkantara jarohatlari sabab "Frayburg"ga qarshi bellashuvni o'tkazib yuboradi.
Arturo Vidal va Kingsli Koman esa safga qaytgan va o'yinga tayyor.

"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
- "Frayburg" juda yaxshi jamoa. Men jamoamning tayyorgarlik bosqichidan mamnun bo'ldim. Biz juda yaxshi va kerakli darajada mashg'ulotlarda ishladik va o'zimiz xohlagandek tayyorgarlik ko'rdik. "Bavariya" ham jismonan, ham ruhan yaxshi holatda. "Bavariya" Fraburgdagi o'yinga to'liq shay. Bu bahsda yaxshi natijaga erishishimizga ishonyapman.


O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar jami 32 marotaba o'zaro duch kelishgan. "Frayburg" jamoasi o'tkazilgan 4 o'yinda g'alaba nashidasini surishga muvaffaq bo'lgan. "Bavariya" esa 22 bor g'alabaga erishgan. Qolgan 6ta uchrashuvda esa g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati: 26-67, "Bavariya" foydasiga.


Bundesliga, 17-tur. Turnir jadvali

"Frayburg" - "Bavariya" (00:30)

"Badenova-SHtadion" stadioni.

Bosh hakam
: Manuel Grefe

Yordamchi hakamlar
: Gvido Klefe, Markus Zinn

Zaxira hakami
: Benedikt Kempkes

Translyaciya
: (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX), "Match Tv" kanali.


* Germaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan qolgan o'yinlar shanba va yakshanba kunlari o'tkaziladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика