So’nggi yangiliklar

17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  5 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  4 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  5 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  2 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  12 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  21 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  2 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  6 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0

Prevyu. "Barselona" - PSJ Yangiliklar

Prevyu. "Barselona" - PSJ

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike PSJ safida Zlatan Ibragimovich qaytganiga qaramasdan hech narsani o'zgartirmaydi.

• PSJ futbolchilari Zlatan Ibragimovich va Marko Veratti diskvalifikaciyadan so'ng safga qaytishdi.

• Luis Enrike: "Ibragimovich va Verattining qaytishi hech narsani o'zgartirmaydi"

• O'tgan haftada "Barselona" Parijda 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi

• Loran Blan: "PSJ endigina grandga aylanyapti, "Barselona" esa anchadan beri bu nomga ega"

•  CHempionlar ligasi yarim finali uchun qura juma kuni Nonda bo'lib o'tadi


Taxminiy tarkiblar

"Barselona": ter SHtegen; Alves, Pike, Maskerano, Alba; Rakitich, Buskets, Inesta; Messi, Suares, Neymar.

•  O'ynay olmaydi: Vermalen (jarohat)

PSJ: Sirigu; van der Vil, David Luis, Markinos, Maksvell; Verratti, Kabay, Matyuidi; Kavani, Ibragimovich, Pastore.

•  O'ynay olmaydi: Tyago Silva (jarohat), Motta (jarohat), Ore (diskvalifikaciya)

"Barselona" bosh murabbiy Luis Enrike ishtirokidagi matbuot anjumani:


Ibragimovich safga qaytdi, ammo bu hech narsani o'zgartirmaydi, chunki PSJ doimo bir xil o'yin ko'rsatadi. Ibra va Veratti raqibning eng muhim o'yinchilari, demak jamoaning umumiy saviyasi yanada ortadi.

Men faqat g'alaba haqida o'ylayapman. Bizga durang ham kifoya qilishini bilaman. Ertaga Parijdagi kabi bor kuchimizni ishga solishimiz shart. Durangga rozi emasman.

Parijliklar bizni qanchalik yaxshi bilsa, biz ham ular haqida etarlicha malumotga egamiz. Ularga qarshi guruh bosqichida o'ynaganimizdanda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak.

Ibragimovich har qanday vaziyatda davrozaga zarba bera oladi. U jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Biz taktik rejani o'zgartirishimiz mumkin. Biz raqib futbolchisiga qarab taktikani o'zgartirmaymiz, maqsadimiz raqibga iloji boricha ko'proq muammo tug'dirish.

PSJ bosh murabbiy Loran Blan ishtirokidagi matbuot anjumani:


Vazifamiz oson emasligini barchamiz tushunib turibmiz. Muammo shundaki, biz uchta gol urishimiz kerak, ammo bizda etarlicha imkoniyat bo'ladi deb o'ylayman. Jamoamizda keyingi bosqichga chiqish uchun kichik bo'lsada imkoniyat bor.

Yo'qotadigan hech narsamiz yo'q va bunda o'yinlar Zlatanga yoqadi. U o'ynamayotgan bo'lsada, har kuni ter to'kib mehnat qiladi. CHempionlar ligasi biz yutishni istagan yagona turnir emas.

"Barselona" Evropaning grand jamoalaridan biri. PSJ va "Barsa" o'rtasida farq bor. PSJ endigina grandga aylanyapti, kataloniyaliklar esa anchadan beri bu nomga ega. Bu erga ekskursiya uchun kelmadik. "Barselona"ga qarshi o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmoqchimiz.

"Revansh" so'zi menga yoqmaydi. Bu futbol uchrashuvi. "Barselona" har bir uchrashuvda to'pga egalik qilish bo'yicha ustun bo'lgan va bu narsa ertaga ham sodir bo'lsa hayron bo'lmayman. Bizda imkoniyatlar bo'lishiga ishonman, ammo "Barselona" sayyoramizning eng yaxshi jamoalaridan biri.

Bu jamoalarning o'z chempionatidagi so'nggi uchrashuvlari

"Barselona" - "Valensiya" 2:0 (Suares 1, Messi 90+4)

"Nicca" - "PSJ" 1:3 (Bodme 45+1; Pastore 39, 63, Kavani 69 pen)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика