So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  30 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Prevyu. "Atletiko" - PSV Yangiliklar

Prevyu. "Atletiko" - PSV

Bugun tunda "Atletiko" va PSV o'rtasida Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yin haqida 5 ta fakt:

  • Diego Simeonening so'zlariga ko'ra, PSV qarshi hujum va standartlarda yaxshi harakat qiladi
  • PSV so'nggi 25 uchrashuvda 1 marotaba mag'lub bo'lgan; "Atletiko" ketma-ket sakkiz o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmaydi
  • Antuan Grizmann Eyndxovendagi uchrashuvdan so'ng Primerodagi barcha uchrashuvlarda gol urdi
  • Lyuk de Yongning diskvalifikaciyasi yakunlandi, ammo Gaston Pereyro bahsni o'tkazib yuboradi
  • Eyndxovendagi birinchi o'yin nursiz durang bilan yakunlangan, Gaston Pereyro 68-daqiqada jamoasini bir kishi kam bo'lib o'ynashga majbur qilgan
Taxminiy tarkiblar:

"Atletiko": Oblak; Xuanfran, Ximenes, Godin, Filipe Luis; Koke, Gabi, Karrasko, Niges; Grizmann, F. Torres.

O'ynamaydi: Tyagu (jarohat), Savich (jarohat)

PSV: Zut; Arias, Bruma, Moreno, Villems; Guardado, Prepper, van Ginkel; Narsingx, de Yong, Lokadiya.

O'ynamaydi: Pereyro (diskvalifikaciya), Poulsen (jarohat).

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone:

Jamoa juda ajoyib xolatda. So'nggi uchrashuvlarni yaxxshi o'tkazdi va seshanba kuni ham shunday bo'lishiga umid qilyapmiz. Grizmann ishonchni oqlashda davom etishiga ishonaman. Bu gap butun jamoaga tegishli. Bu safar raqibdan bitta ko'p gol urishimiz zarur.

4-3-3 sxemasida o'ynamoqchimiz, kuchli tomonlarimizdan unumli foydalanishga urinib ko'ramiz. PSV qarshi hujumlarda kuchli, jamoa yuqori tepmda o'ynaydi, ikkinchi chiziq futbochilari omadli harakat qilishadi. PSVning standartlari ham xavfli. Lyuk de Yong mehmonlarning asosiy etakchisi.

PSV bosh murabbiyi Filip Koku:

Biz bir necha marotaba katta arenalarda grandlarga qarshi maydonga tushganmiz. Atmosfera futbolchilarga qo'shimcha kuch berishi kerak, tribunalar xatto ularga qarshi bo'lsa ham. Bu arena juda jo'shqin va Diego Simeone kelganidan so'ng stadion yanada jonlandi.

Biz keyingi bosqichga yo'l olmoqchimiz va bahs taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'lishiga ham qarshi emasmiz. Faqat himoyalanmasdan, futbol o'ynash lozim. Bor kuchimizni ishga solamiz. Bu bizning imkoniyatimiz, oson bo'lmaydi, lekin o'zimizga ishonishimiz kerak. G'alaba yoki durang uchun kurashish zarur.

So'nggi uchrashuvlar

"Atletiko" - "Deportivo" 3:0 (Niges 18, Grizmann 60, Korrea 83)

PSV - "Xerenveen" 1:1 (te Vrede 53; de Yong 56)

So'nggi natijalar (barcha turnirlar)

"Atletiko": G'G'G'G'DD

PSV: DG'G'DG'G'


Bilasizmi?

"Atletiko" Gollandiya klublariga qarshi barcha (4) ikki uchrashuvli bahslarda imkoniyatni boy bergan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика