Prevyu. APLning 9-tur uchrashuvlarini "Bornmut" - "Tottenxem" bahsi ochib beradi
22 okt 2016 12:25
Yangiliklar
Prevyu. APLning 9-tur uchrashuvlarini "Bornmut" - "Tottenxem" bahsi ochib beradi
"Bornmut" - "Tottenxem"
"Bornmut" safida Garri Arterning maydonga tushishi so'roq ostida, u "Xall Siti"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Bred Smit va Lyuis Kuk shikastlanish tufayli maydonga tusha olmaydi, ammo bosh murabbiy Eddi Xou Mak Gradelning maydonga tushishiga ishonmoqda.
Maurisio Pochettino jamoasida Garri Keyn, Tobi Alderveyreld "Bornmut"ga qarshi o'ynamasligi aniq, ammo Denni Rouz haqida bir narsa deyish qiyin.
"Bornmut" o'tgan turda "Xall Siti" darvozasini 6 marotaba aniq nishonga oldi. "Tottenxem" esa "Vest Bromvich" bilan durang o'ynadi. Ammo "shporlar"ning tarkibi kuchliroq. "Tottenxem" "Bornmut" bilan Premer-liga doirasida bor-yo'g'i 2 ta uchrashuv o'tkazgan va ular "olchalar" darvozasiga 8 ta gol urishga muvaffaq bo'lishgan.
Imkoniyatlar: 45 - 55
"Arsenal" - "Midlsbro"
"Arsenal"da Santi Kasorla (jarohat), Granit Jaka (diskvalifikaciya), Aaron Remsi (jarohat) "Midlsbro" bilan o'ynamaydi.
"Midlsbro" safida Grant Lidbitter jamoa mashg'ulotlariga qaytdi va bugun maydonga tushishi mumkin. Jeyms Xazbandning uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida, Kalum CHembers esa o'ynamasligi aniq.
"Arsenal" ayni damda juda yaxshi formada va so'nggi 5 ta uchrashuvda ochko yo'qotgani yo'q. "Midlsbro" esa aksincha, ochko yo'qotishdan to'xtamayapti.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 ta bahsda "Arsenal" va "Midlsbro" 1 tadan g'alaba qozongan. Qolgan o'yinlarda durang qayd etilgan.
Imkoniyatlar: 60 - 40
"Byornli" - "Everton"
"Byornli" safida Stiven Defur (jarohat), Eshli Barns va Andre Grey "Everton"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
"Everton" futbolchisi Leyton Beyns jarohat tufayli maydonga tushmaydi, ammo Aaron Lennon safga qaytgan. Muhammad Beshich, Tias Brauning va Metyu Pennington ham maydonga tushmaydiganlar ro'yxatida.
"Byornli" so'nggi uchrashuvlarda faqat kuchli jamoalarga mag'lub bo'ldi, ammo o'rtamiyona klublardan ochko olishga erishmoqda. "Everton" esa barqaror o'yin ko'rsata olayotgani yo'q. Bu bahsda Liverpul shahri vakillari kichik hisobda g'alaba qozonsa kerak.
Imkoniyatlar: 45 - 55
"Xall Siti" - "Stok Siti"
Mayk Felan jamoa sardori Maykl Douson jarohatidan qutilganini tasdiqladi. Aleks Bryus (jarohat), Endryu Robertson (jarohat), Allan MakGregor, Mbokani (jarohat) va Mozes Odubajolar "Stok Siti" bilan o'ynamaydi.
"Stok" safida Fil Bardsli, Glen Jonson jarohat tufayli maydonga tushmaydi, ammo Jek Batlend mashug'lotlarga qaytgan.
"Xall Siti" Premer-liganing joriy mavsumidagi so'nggi 5 ta uchrashuvning 4 tasida mag'lub bo'ldi va bittasida durang qayd etdi. "Stok Siti"da esa 2 ta mag'lubiyat, 2 ta duran va 1 ta g'alaba.
Imkoniyatlar: 50 - 50
"Lester Siti" - "Kristal Pelas"
Ves Morgan, Jeymi Vardi va Endi King payshanba kungi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi, ammo Kaludio Ranerining so'zlariga ko'ra, bu uchlik o'yingacha yaxshi holatda bo'ladi. Mendi jarohat tufayli o'ynamaydi.
"Kristal Pelas"da Skott Dann hafta davomida mashg'ulotlarda ishtirok etdi, ammo u zaxirada qoladigan ko'rinadi. Pape Suare va Loik Remi uchrashuvda ishtirok etmaydi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 ta uchrashuvda "Lester" 3 marotaba, "Kristal Pelas" esa 2 marotaba g'alaba qozongan.
"Tulkilar" CHempionlar ligasida g'alaba qozonib, futbolchilaring kayfiyati ancha ko'tarilgan. SHu sababli mehmonlarga qiyin bo'lishi aniq.
Imkoniyatlar: 55 - 45
"Suonsi" - "Uotford"
"Suonsi" tarkibida Lorente va Modu Barrouning maydonga tushish suroq ostida. Jefferson Montero va Natan Dayer jarohat tufayli "Uotford" bilan o'ynamaydi.
"Uotford" safida Jerom Sinkleyr safga qaytgan, ammo Kreyg Ketkart, Daril Yanmaat, Isaak Saksess maydonga tushmaydi.
"Suonsi"ning Premer-ligadagi ishlari juda yomon. "Uotford" esa so'nggi 5 ta o'yindan 3 tasida g'alaba qozondi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ikkita o'yinda har bir klub o'z hisobiga bittadan g'alaba yozib qo'ygan.
Imkoniyatlar: 50 - 50
"Vest Xem" - "Sanderlend"
"Vest Xem" safida Andre Ayyu mashg'ulotlarga qaytgan, ammo "Sanderlend"ga qarshi uchrashuvda tushmasligi mumkin. Endi Kerroll, Artur Musuaku, Gokxan Tore, Diafra Saxo, Sam Birem va Aaron Kressvell maydonga tushmaydi.
Lamin Kone va Patrik van Anxolt "Sanderlend" mashg'ulotlariga qaytdi. Vito Mannone va Sebastyan Larsson maydonga tushishi so'roq ostida. Adnan Yanuzay va Jeyson Denayer "Vest Xem" bilan o'ynashi mumkin.
"Vest Xem" "Sanderlend"ga qarshi o'tkazilgan so'nggi 5 ta o'yinda mag'lub bo'lmagan. "Qora mushuklar"ning turnir jadvalidagi ahvoli juda yomon. "Vest Xem" asta-sekin o'ziga kelmoqda.
Imkoniyatlar: 55 - 45
"Liverpul" - "Vest Bromvich"
"Liverpul" jamoasida deyarli barcha sog'. Veynaldum mashg'ulotlarga qaytgan.
"Vest Bromvich" safida ham jarohatlar yo'q, ammo Saido Beraino mashg'ulotlarni bir o'zi o'tkazmoqda.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 ta uchrashuvning 4 tasida durang qayd etilgan. Bitta g'alaba qizillarda. "Vest Brom" Premer-ligada ham durangdan charchamayapti. "Liverpul" esa MYUdan tashqari so'nggi 4 o'yinda faqat g'alaba qozonmoqda.
Imkoniyatlar: 60 - 40
"Manchester Siti" - "Sautgempton"
"Siti" safida o'ng qanot himoyasida katta muammo yuzaga kelgan. Sanya va Sabaletada jarohat bor.
"Avliyolar"da esa SHeyn Long jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi. Rayan Bertran, Mett Targett va Sedrik Soareslarning uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida.
"SHaharliklar" "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat alamini "Sautgempton"dan olishi mumkin. "Manchester Siti"ning hujum chizig'ida shikastlanganlar yo'q.
Imkoniyatlar: 55 - 45
"CHelsi" - "Manchester Yunayted"
Jon Terri mashg'ulotlarga qaytgan va MYU bilan bahsda maydonga tushishi mumkin, ammo Fabregas, Ivanovich mushak jarohati tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Oskar va Villian yaqinda Braziliyadan qaytishdi va ularning maydonga tushishi so'roq ostida.
Kris Smolling Evropa Ligasi o'yinida kichik jarohat olgan. Genrix Mxitaryan mashg'ulotlarda bor kuchi bilan ishlayapti.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 ta o'yinda "CHelsi" ikki marotaba g'alaba qozongan. Qolgan bahslar durang bilan yakunlangan. Ko'klar boshqa evbokuboklarda ishtirok etmasligi hisobga olsak, ularda imkoniyat ko'proq, ammo MYU payshanbadagi bahsda "Fenerbaxche"ni yirik hisobda taslim etdi.
Imkoniyatlar: 50 - 50
Fikrlar