So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Prevyu. APLning 5-tur bahslarini "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuvi ochib beradi Yangiliklar

Prevyu. APLning 5-tur bahslarini "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuvi ochib beradi

Bugun tunda APLning 5-tur o'yinlariga start beriladi va "CHelsi" hamda "Liverpul" o'rtasidagi bahs tur uchrashuvlarini ochib beradi.

"CHelsi" - "Liverpul"

"CHelsi" o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, Antonio Konte bilan joriy mavsumni yaxshi boshlay oldi, ammo... Ko'klar so'nggi turda g'alabani qo'ldan chiqarib, "Suonsi" bilan durangga kelishishdi. Italiyalik murabbiy himoyadagi o'yinni to'g'irlay olmayapti. "CHelsi" 4 ta turda kuchli bo'lmagan jamoalardan 4 ta gol o'tkazib yubordi.

Yurgen Klopp o'tgan mavsum Angliyaga faqat sovrinlar uchun kelganini isbotladi va Dortmunddagidek g'oliblar jamoasini yaratmoqda. Ammo ular bazida omadsizlikka ham uchrab turishibdi.


Ikkala jamoa evrokuboklarda ishtirok etmayapti va bu ular uchun ijobiy holat. "CHelsi" va "Liverpul" mavsum startini deyarli bir xil o'tkazishmoqda.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Vest Bromvich" - "Vest Xem"

Joriy mavsumda Toni Pyulisning jamoasi barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. "Vest Bromvich" birinchi turda "Kristal Pelas"ni mag'lub etgan bo'lsa, keyingi uch turda bor-yo'g'i 1 ochko ishlab oldi. So'nggi o'yinda ular "Bornmut" darvozasiga 2 ta zarba berishdi va mag'lubiyatga uchrashdi. "Vest Bromvich" bu mavsum ligada jon saqlab qolish uchun kurashsa kerak.

"Bolg'aurarlar" mavsumning bu qismini juda yomon o'tkazyapti. O'tgan mavsum turnirda 7-o'rinni egallagan jamoa, o'z tarkibini yanada kuchaytirishga qaror qildi, ammo jamoa yuqori o'rinlar uchun kurasha olmayapti. Bilichning katta muammosi himoya hisoblanadi. Ular so'nggi bahsda "Uotford"dan 4 ta gol o'tkazib yuborishdi.


"Vest Xem" so'nggi "Vest Bromvich"ga qarshi o'tkazilgan 5 ta uchrashuvdan 1 tasida mag'lub bo'lgan. Ikkala jamoa ham hozir yomon holatda, ammo "Vest Xem" daraja borasida raqibidan ustun.

Imkoniyatlar: 45 - 55


"Lester Siti" - "Byornli"

"Lester" bu mavsumda hali o'zini ko'rsatadi va CHempionlar ligasida "Bryugge" 3:0 hisobida mag'lub etilishi buning tasdig'i bo'lishi mumkin. CHempionatda Raneri jamoasiga hurmat bilan qarashmoqda. Buning ustiga "tulkilar" safida yangilar ko'p, shu sababli jamoada barqaror natija yo'q. Ammo Raneri jamoasining o'z o'yin uslubi bor va ular tez orada bir tempda o'ynab, etakchi bo'lmaganlardan ochko sug'urib olishni boshlaydi.

SHon Daych jamoasining ushbu mavsumdagi maqsadi Premer-ligada jon saqlab qolish. "Byornli" bunga erishish uchun 95 daqiqa turib berishi kerak bo'ladi. "Byornli" bu mavsumdagi ikkinchi mehmon o'yinini o'tkazadi, birinchisida "CHelsi" ularni 3ta gol bilan siylagan edi.


SHanba kungi bahs ham "Byornli"ga ochko keltirmasa kerak.

Imkoniyatlar: 65 - 35


"Manchester Siti" - "Bormut"

"Manchester Siti" xuddi Formula-1 poygalaridek o'z raqiblarini ortda qoldirmoqda. "SHaharliklar" Xosep Gvardiola qo'l ostida 8 ta o'yin o'tkazib, har safar g'alaba qozondi. To'plar nisbati esa 21-4. Premer-liganing 4-turidan so'ng "Manchester Siti" ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib qoldi. "SHaharliklar" juda yaxshi formada.

Eddi Xau shogirdlari o'z tengqurlari bilan ochko ishlab, yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Ular o'tgan turda "Vest Bromvich"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Mag'lubiyatlar esa faqat etakchilardan qabul qilindi.


SHanba kungi o'yinda mehmonlar ochkosiz qolishiga shubha yo'q, chunki "shaharliklar" kuchayib bormoqda.

Imkoniyatlar: 65 - 35


"Xall Siti" - "Arsenal"

Mayk Felan shogirdlari bir amallab Angliyaning eng oliy ligasiga qaytishdi va mavsum startidayoq kuchli o'yin ko'rsatishni boshlashdi. 4 ta turdan so'ng "yo'lbarslar" 7 ochkoga ega, ularning murabbiyi Mayk Filan esa avgust oyida Premer-liganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 4-turda "Xall Siti" so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirib, bir ochkoga ega bo'ldi.

"Arsenal" so'nggi haftada ikkita o'yin o'tkazdi, CHempionatda "Sautgempton"ni mag'lub etdi va PSJ bilan durang o'ynadi. "To'pchilar" barcha turnirlarda kuchsiz o'yin ko'rsatmoqda. Arsen Venger jamoasi 2008 yildan beri "Xall"ga mag'lub bo'lmadi.


Futbolchilarning darajasini hisobga oladigan bo'lsak "Arsenal" bu bahsda kuchliroq, ammo Premer-ligada hamma narsa ro'y berishi mumkin.

Imkoniyatlar: 45 - 55


"Everton" - "Midlsbro"

Ronald Kuman qo'l ostidagi "Everton" ayni gullagan palladi. Ular 4-turda "Sanderlend" mehmoni bo'lishdi va yirik hisobda g'alabaga erishishdi. "Everton" 4 ta turdan so'ng 10 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Ularning o'yiniga etibor qiladigan bo'lsak, jamoa uncha kuchli bo'lmagan raqiblari bilan ochko bo'lishmoqchi emas.

"Midlsbro" katta tanaffusdan so'ng ingliz futbolining yuqori ligasiga qaytdi, yozda esa tarkib kuchaytirildi va jamoa mavsum startidagi 4 uchrashuvda 5 ochko to'plashga erishdi. Ammo ular so'nggi turda o'z uyida "Kristal Pelas"ga imkoniyatni boy berishdi.


Bu juftlikda "Everton"ning qo'li baland kelishi haqiqatga yaqinroq.

Imkoniyatlar: 60 - 40


"Uotford" - "Manchester Yunayted"

"Uotford" so'nggi turda chempionatdagi birinchi g'alabasiga erishdi. 33-daqiqada ortda qolayotgan Maccari jamoasi iroda ko'rsatib, "Vest Xem"ni 4:2 hisobida taslim etdi. 8 ta zarbaning 4 tasini raqib darvozaboni qaytara olmadi.

"Manchester Yunayted" derbida "Siti"ga imkoniyatni boy berdi. SHu bilan birga Evropa ligasidagi o'yinda ham mag'lubiyatga uchrashdi. Jamoaning hujumdagi ishlari yurishmayapti. Ruhiy bosim futbolchilarga tasir qilishi mumkin.


MYU "Uotford"ga qarshi 8 bahslarning barchasida g'alaba qozongan.

Imkoniyatlar: 45 - 55 


"Kristal Pelas" - "Stok Siti"

Kristian Bentekeni xarid qilish "Kristal Pelas"ga foyda keltira boshladi. 4-turda Benteke "Midlsbro" darvozasini ishg'ol qilib, Alan Pardyu jamoasiga chempionatdagi birinchi g'alabani taqdim etdi. "Burgutlar" asta-sekinlik bilan inqirozdan chiqishayotganga o'xshaydi. Ular so'nggi ikki uchrashuvda 4 ochko to'plashdi.

"Stok Siti" mavsum startini juda muvaffaqiyatsiz boshladi. Tarkib kuchsiz emas, ammo ular so'nggi turdagi uy uchrashuvida "Tottenxem"dan 4 ta gol qabul qilishdi. Yana bir nechta shunday bahsdan so'ng Mark Xyuzning o'rindig'i qimirlab qolishi mumkin.


"Kristal Pelas" ketma-ket 6 ta uchrashuvda "Stok"ka mag'lub bo'lmadi va ularning 5 tasida g'alabaga erishdi. Bu juftlikda Alan Pardyu shogirdlarining omadli seriyasi davom etsa kerak.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Sautgempton" - "Suonsi"

"Sautgempton" bu mavsumda yomon o'yin ko'rsatmayapti, ammo jamoa hech g'alaba qozona olmayapti. Omad Klop Pyuel shogirdlaridan yuz o'girganga o'xshaydi. "Avliyolar" bu mavsumda faqat MYU va "Arsenal"ga mag'lub bo'lishdi, qolgan bahslar esa durang bilan yakun topdi. "Sautgempton"da o'yin bor va g'alabalar ham tez orada bo'ladi.

"Suonsi" o'z uyida "CHelsi" bilan durang o'ynadi. Iroda tufayli "oqqushlar" 1 ochkoga ega bo'lishdi. Gvidolin shogirdlari uydagi uchrashuvlardan farqli o'laroq, mehmonda xuddi shu o'yinni ko'rsata olmayapti.


"Avliyolar" so'nggi yillarda uelsliklar bilan omadli o'yinlar o'tkazyapti.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Tottenxem" - "Sanderlend"

"Tottenxem" mavsumni yomon boshlamadi, ular 4 ta turda 8 ochko to'plashdi va so'nggi bahsda "Stok Siti"ni 4:0 hisobida taslim qilishdi. CHempionlar ligasida "shpor"lar "Monako"ga mag'lub bo'lishdi, ammo jamoa hujumkor o'yin ko'rsatdi va faqat omad etishmadi.

"Sanderlend" mavsum startini juda yomon boshladi. Devid Moyes shogirdalir 4 ta turda bor-yo'g'i 1 ochko ishlashdi. Ularga barqaror o'yin etishmayapti.


"SHporlar" "Sanderlend"ga qarshi kechgan so'nggi 6 uchrashuvdan 5 tasini g'alaba va bittasini durang bilan yakunlashgan.

Imkoniyatlar: 60 - 40

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика