Prevyu. "Andijon" - "So'g'diyona"
23 apr 2016 09:45
Yangiliklar
Andijon (Andijon) – So'g'diyona (Jizzax)
23 aprel 2016. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 17:30
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Capenko (Toshkent vil.), I. Gormashov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.
“Andijon” va “So'g'diyona” oliy ligada jami 36 bora to'qnash kelgan. Natijalar vodiy klubining ustunligini ko'rsatmoqda.
“Andijon” 15ta o'yinda g'alaba qozongan. “So'g'diyona” hisobida 14ta g'alaba bor. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” 55, “So'g'diyona” 54ta gol urgan. “Burgutlar” o'zaro uchrashuvlarda 52, Jizzax klubi 49 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'yishgan. O'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabalar quyidagicha: “Andijon” - “So'g'diyona” 4:1, “So'g'diyona ” - “Andijon ” 5:0.
2015 yil birinchi davrada “So'g'diyona” o'z maydonida “burgutlar”ga yutqazib qo'ygan. Asqar Jadigerov va Lochin Soliev tomonidan urilgan gollarga “So'g'diyona” vakili Muzaffar Muzaffarov javob bergan – 1:2. Vodiyda ham “Andijon” g'olib bo'lgan. Maydon egalari safida Anvar Berdiev (2ta) va Davron Tursunov tomonidan urilgan gollarga jizzaxliklar safida Sobir Hamidov hamda Sanjar Rihsiboev javob berishgan – 3:2.
Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.10.2015 Andijon - So'g'diyona 3:2
06.06.2014 Andijon - So'g'diyona 1:2
12.03.2011 Andijon - So'g'diyona 2:1
18.04.2009 Andijon - So'g'diyona 4:3
03.05.2008 Andijon - So'g'diyona 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z maydonida 10 bor g'alaba qozongan. Uch marta jamoalar durang qayd etishgan. Jizzax klubi safarda “Andijon”ni 3 marta taslim qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar