Prevyu. "Andijon" - "Paxtakor"
03 avg 2016 09:25
Yangiliklar
Andijon (Andijon) – Paxtakor (Toshkent)
3 avgust 2016. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:00
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Kalinin (Qarshi), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
UzPFL vakili: R. CHernikov.
“Andijon” va “Paxtakor” oliy ligada jami 45 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 34ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 8ta o'yinda durang qayd etilgan. “Andijon” hisobida 3ta g'alaba bor. To'plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda - 112:32. O'zaro o'yinlarda “sherlar” 110 ochkoni, “burgutlar” esa 17 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Andijon”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 2:1ga teng. “Paxtakor”ning eng yirik g'alabasi 6:0.
Birinchi davrada Toshkentda o'tgan uchrashuvda Igor Sergeev va Jaloliddin Masharipovning gollariga mehmonlar safida Nemanya Yovanovich javob bergandi - 2:1.
Andijonda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.07.2015 Andijon - Paxtakor 0:1
15.03.2014 Andijon - Paxtakor 0:1
21.09.2012 Andijon - Paxtakor 2:4
01.07.2011 Andijon - Paxtakor 2:1
16.10.2010 Andijon - Paxtakor 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Andijonda bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan 22ta bahsning uchtasida “burgutlar” g'alaba qozonishgan. Beshta bahsda g'olib aniqlanmagan. 14 uchrashuv “sherlar”ning muvaffaqiyati bilan tugagan. Oxirgi 3ta o'yinda "Paxtakor" safarda g'alaba qozongan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar