Prevyu. "Andijon" - "Mashal"
08 avg 2015 09:20
Yangiliklar


Prevyu. "Andijon" - "Mashal"
Andijon (Andijon) – Mashal (Muborak)
8 avgust 2015. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:30
Hakamlar: X. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Oliy liganing bu ikki klubi o'zaro 27 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 17 o'ynida g'alaba qozonishgan, 3 uchrashuv durang bilan yakunlangan. “burgutlar” esa bugunga qadar raqibni 7 bor mag'lub eta olishgan. To'p kiritish borasida ham ustunlik “Mashal” tomonida – 43:32. O'zaro o'ynlarda “Mashal” 54, “Andijon” esa 24 ochkolik bo'lgan.
“Andijon”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Mashal”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng.
Ikkinchi turda Muborakda o'tgan bahsda mezbonlar Jamshid Hasanov hamda Vladislav Ivanov tomonidan urilgan gollar evaziga g'alaba qozonishgandi – 2:0.
Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.03.2014 Andijon - Mashal 0:1
19.05.2012 Andijon - Mashal 4:0
02.04.2011 Andijon - Mashal 4:0
26.10.2010 Andijon - Mashal 1:1
07.09.2009 Andijon - Mashal 4:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z uyida bu raqibni 6 bor taslim qilgan. Ikki bor durang qayd etilgan. 4 marta “Mashal” Andijondan uch ochko bilan qaytgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar