So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

Prevyu: A Seriya. "Milan" - "Sassuolo" yoxud Rim derbisida kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

Prevyu: A Seriya. "Milan" - "Sassuolo" yoxud Rim derbisida kim g'olib bo'ladi?

Italiya CHempionati 26-turning bugungi uchrashuvlariga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

"Empoli" — "Parma"

Yakini shogirdlari "Milan"ga qarshi bahsda safarda 0:3 hisob bilan mag'lub bo'ldilar. "Empoli"ning asosiy vazifasi — mavsum ikkinchi yarmida elitadagi o'rnini saqlab qolishi kerakligi hech kimga sir emas. Uydagi so'nggi g'alaba "Sassuolo" (3:0) bilan bo'lgan uchrashuv edi. O'shanda raqiblarga omad etishmagani sabab, toskaniyaliklar A Seriyadagi o'rinlarini saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan edilar. Hozirda jamoa o'n ettinchi pog'onada. Lekin u ochko jamg'arishi kerak.

"Parma" ikkinchi doira uchrashuvlarini omadli boshlamadi: so'nggi 5ta bahsda 4 marta mag'lub bo'ldi — bu hozirgi vaqt ligadagi eng yomon natijadir. Jamoa 29 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.

"Parma" so'nggi 7 uchrashuvda to'p o'tkazib yubordi. "Empoli" esa eng ko'p gol o'tkazib yuboradigan jamoalar uchligidan o'rin egallagan. Biroq  toskaniyaliklar autsayderlar orasidan ko'proq darvozani ishg'ol qilmoqda. SHuning uchun, birinchi taymda ikki jamoa ham gol urishi mumkin.

"Milan" — "Sassuolo"

"Milan" mag'lubiyatsiz seriyasida davom etmoqda. Milanliklar Italiya Kubogi doirasida "Lacio" bilan durang (0:0) o'ynashdi. "Rossoneri" kam gol o'tkazmoqda: 10 uchrashuvda 4ta gol. Bu borada Janluijji Donnarummaning hissasi katta ekani ko'rinib turibdi. So'nggi uch turda jamoa 3tadan kam gol urmadi: Kshishtof Pyontek esa qatorasiga 4 o'yinda raqib darvozalarini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

"Sassuolo" so'nggi vaqtlarda tushunarsiz o'yin namoyish qilmoqda va ketma-ket 4 uchrashuvda g'alaba qozonolmadi. Oxirgi turda De Dzerbi shogirdlari SPALni mag'lub etolmadilar (1:1). Undan avvalroq esa "Empoli"ga yirik hisobda (0:3) mag'lub bo'ldi. "Sassuolo"ning o'yinlaridan quyi pog'onaga tushib ketayotganini tushunish qiyin emas. Jamoa hujumda sust o'ynamoqda va gol urishda ham biroz qiynalmoqda. Mavsum birinchi yarmida ham shunday bo'lgandi.

Hozirda "Milan" ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Jamoa ko'p gol urib, deyarli to'p o'tkazib yubormayapti. Bugungi uchrashuvda mezbonlar favorit hisoblanadi.

"Lacio" — "Roma"

Bugun Italiya CHempionatidagi eng qaynoq uchrashuvlardan biri — "Rim Derbi"si bo'lib o'tadi. "Lacio" bu bahsga yaxshi natijalar bilan etib kelolmadi. SHu hafta bo'lib o'tgan Italiya Kubogi — rimliklar "Milan"ga qarshi bahsda gol urolmadi. CHempionat doirasidagi "Udineze"ga qarshi bahsda "Lacio" to'p o'tkazib yubordi, "Jenoa"ga esa 1:2 hisob bilan engildi. Hozirda "Lacio"ning muammosi jarohatlangan futbolchilar bo'lmoqda. Biroq derbidan oldin hamma o'yinchilar safga qaytishi kerak edi.

"Roma" oxirgi turda qiyinchilik bilan bo'lsada, "Frozinone" ustidan g'alaba qozondi. "Jalorossi" chempionatning 8 o'yinidan beri mag'lub bo'lgani yo'q. Lekin har bir g'alabaga qiyinchilik bilan erishmoqda. CHunki himoya chizig'i hamon kuchlimas.

Bugungi derbi — ikki jamoa uchun muhim uchrashuvlardan biri. Birinchi doiradagi bahs "Roma"ning ishonchli g'alabasi bilan yakunlangandi (3:1). O'zaro so'nggi 11 uchrashuvlarda esa "Roma" 10 marotaba mag'lub bo'lmagan. Lekin bu mavsum ikki jamoaning himoya chizig'ida muammolar paydo bo'ldi. SHuning uchun, bugun ikkisi ham gol urishi mumkin. Bugungi derbidagi favorit "Roma" bo'lsa-da, hisob durang bilan yakunlanishi ham hech gapmas.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика