So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  5 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  812 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Prevyu. A Seriya: Florenciyada yaralangan "Yuventus" qarshisidan "Lacio" chiqmoqda... Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: Florenciyada yaralangan "Yuventus" qarshisidan "Lacio" chiqmoqda...

Italiya chempionatining 21-tur uchrashuvlari bugun davom ettiriladi.


Turning yana bir etiborga molik o'yini Turinda o'tkaziladi.

Kechagi "Milan" hamda "Napoli" o'rtasidagi ajoyib uchrashuvdan keyin A Seriya ihlosmandlari zerikib qolishmaydi. Yakshanba kuni ham ularni kechagidan kam bo'lmagan qiziq va markaziy uchrashuv kutib turibdi.

Italiya chempionati. “Fiorentina” safarda yirik g'alabaga erishdi.

Turinda bugun peshqadam "Yuventus" "Lacio"ni mehmon qiladi. O'tgan turda Florenciyada muvaffaqiyatsizlikka uchragan Allegri shogirdlari endi o'z muxlislari qarshisida ayblarini "yuvishga" harakat qilishadi.
Inzagilar sulolasining ikkinchi raqamli vakili Simeone Inzagi boshchiligidagi "Lacio"dan hozir har qanday raqib katta xavf kutishi mumkin.
Futbolchilik davrida akasidek muvaffaqiyat qozonmagan uka, murabbiylik faoliyatini akasidan ko'ra yorqinroq boshlamoqda. Rimda ajoyib jamoani shakllantirayotgan Simone Inzagi bugun Turinda imtihon topshiradi.
Uchta o'yindan buyon faqat g'alaba qozonayotgan rimliklar "Yuventus"ga kattagina bosh og'rig'ini taqdim etishlari aniq.

Bu jamoalarning birinchi davradagi bellashuvida Xediraning yagona goli Rimda "byankonerilar"ga qimmatli 3 ochkoni taqdim etgandi.


Yana bir jihati, "Lacio" "Yuventus"ni oxirgi marta 2013 yili Italiya kubogi doirasida mag'lubiyatga uchratgan.
CHempionat bahslarida esa "Lacio" so'nggi bor "Yuventus"ni 14 yil muqaddam taslim etgan.

"Yuventus" o'z maydonidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonib kelmoqda. SHuningdek, joriy mavsumda turinliklar hali biror marotaba ham durang qayd etishgani yo'q.

"Lacio" esa safardagi o'tkazilgan 9ta uchrashuvdan 4tasida g'alaba, 3tasida durang va 2tasida mag'lubiyatga uchragan.

"Yuventus"da Gonsalo Iguain jamoaning asosiy "quroli" bo'lib turibdi. Argentina terma jamoasi hujumchisi hisobida 13ta gol mavjud.

"Lacio"da esa bu ko'rsatkich borasida CHiro Immobile eng yaxshi. Immobile raqiblari darvozasini 11 marotaba ishg'ol etgan.


A Seriya, 21-tur. Turnir jadvali

"Yuventus" - "Lacio" (16:30)
"Yuventus stedium" stadioni.
Bosh hakam
: Davide Massa.
Translyaciya (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar jami 148 marotaba o'zaro kuch sinashishgan. Ustunlik bu borada "Yuventus" tarafida. Turinliklar "Lacio"ni 79 bor mag'lubiyatga uchratishgan. Rimliklar esa "Yuventus" ustidan 33 marotaba g'olib chiqishgan. Yana 36 o'yin esa durang natijasi bilan tugagan.
To'plar nisbati: 267-162, "Yuve" foydasiga.


"Empoli" - "Udineze" (19:00)
"Karlo Kastelani" stadioni.
Bosh hakam
: Karmine Russo.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
"Udineze" jamoasi o'zaro uchrashuvlarda "Empoli"dan ko'ra ko'proq g'alabaga ega. Ular O'tkazilgan 21 o'yindan 9tasida g'alaba nashidasini surishgan. "Empoli" esa 4 marotaba g'olib chiqqan. Qolgan 8ta o'yin durang natijasi bilan yakun topgan.
To'plar nisbati: 17-27, "Udineze" bu borada ham ustun.


"Bolonya" - "Torino" (19:00)
"Renato DellAra" stadioni.
Bosh hakam
: Davide Gersini.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu jamoalar 119 marta o'zaro duch kelishgan.
O'tkazilgan 44ta o'yinda "Torino"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 41 bellashuv "Bolonya" foydasiga hal etilgan. Qolgan 34 bahsda esa durang qayd etilgan.


"Peskara" - "Sassuolo" (19:00)
"Adriatiko" stadioni.
Bosh hakam
: Paolo Valeri.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu jamoalar jami 7 marotaba o'zaro o'ynashgan. Natijalar bo'yicha esa tenglik. Har ikkala jamoa hisobida 3tadan g'alaba va bitta durang mavjud.


"Palermo" - "Inter" (19:00)
"Renzo Barbera" stadioni.
Bosh hakam
: Massimiliano Irrati.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Jami 57 o'yin o'tkazilgan. "Inter" katta ustunlikka. "Neradzurrilar" o'tkazilgan 29 uchrashuvda g'alaba qozonishgan. "Palermo" esa atiga 6ta bellashuvda g'olib bo'lgan. Qolgan 22ta bahsda durang qayd etilgan.


"Jenoa" - "Krotone" (19:00)
"Luiji Ferraris" stadioni.
Bosh hakam
: Mauricio Mariani.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu to'qnashuv tarixi uzun emas. Bu ikki jamoalar faqatgina joriy mavsumda ilk bor bir-birlariga to'qnashishdi. Jamoalarning birinchi davradagi o'yinida "Jenoa" g'alaba qozongandi.


"Atalanta" - "Sampdoriya" (22:00)
"Atleti Azzurri" stadioni.
Bosh hakam
: Nikola Riccoli.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu jamoalar 97 bor o'zaro kuch sinanshishgan. "Atalanta" shundan 28tasida g'olib bo'lgan. "Sampdoriya" esa 38 marta ustun kelgan. Qolgan 31 o'yinda esa g'olib nomi aniqlanmagan.


"Roma" - "Kalyari" (00:45)
"Stadio Olimpiko" stadioni.
Bosh hakam
: Marko Guida.

Translyaciya (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar o'zaro 73 bor to'qnash kelishgan. "Roma" jamoasi shularning 30tasida g'alaba qozongan. "Kalyari" esa 18 marta ustun kelgan. Qolgan 25 o'yinda durang qayd etilgan.


Qiziq, "Lacio" bugun 14 yillik g'alabasiz seriyaga nuqta qo'ya olarmikan?

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика