So’nggi yangiliklar

15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  17 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8

Prevyu. A Seriya: Bugungi o'yinlar Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: Bugungi o'yinlar

Italiya A Seriyasining 19-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Kecha boshlangan 19-tur o'yinlari bugun davom ettiriladi.

A Seriya, 19-tur. Turnir jadvali


"Udineze" - "Inter" (16:30) (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX)
"Stadio Friuli" stadioni.
Bosh hakam
: Daniele Doveri.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
O'tkazilgan 86 uchrashuvdan 20tasida "Udineze" g'alaba nashidasini surgan. "Inter" esa 41 marotaba g'alaba qozongan. Qolgan 25 o'yinda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati: 41-88, "Inter" foydasiga.

Kunning dastlabki bellashuvi "Udineze" va "Inter" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Turnir jadvalida 10-pog'onani band etib turgan Luiji Del Neri shogirdlari o'z uylarida "Inter"ni mehmon qilishadi. To'rtta uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimalagini bilmay kelayotgan "Udineze" qarshligini engish Stefano Pioliga katta bosh og'rig'ini tug'dirishi tayin.
Qizig'i, "Inter" jamoasi ham ketma-ket to'rt uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchragani yo'q.
"Udineze" oxirgi 4ta o'yindan 3tasida g'alaba, 1ta durang qayd etgan bo'lsa, "Inter" ketma-ket to'rtta g'alabani qo'lga kiritgan. Bu esa har ikkala jamoa o'zining eng yaxshi optimal formasiga kirib olishganidan darak beradi.

Yuzaga kelgan qisqa yangi yil tanaffusi qaysi jamoani izdan chiqarganini esa o'yindan keyin bilib olamiz.

"Udineze" agarda g'alaba qozongudek bo'lsa, unda ular "Inter" bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirishadi.Aksincha bo'ladigan bo'lsa, "Inter" "Udineze"dan 8 ochkoga uzib ketadi.

Jamoadagi eng xavfli futbolchilarga keladigan bo'lsak, "Inter"da so'zsiz barchaning diqqat-etibori Mauro Ikardiga qaratiladi. Aynan argentinalik hujumchi jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi. Ushbu hujumchi hisobida 14ta gol mavjud. Yana bir qiziq tomoni shundaki, Ikardi nafaqat to'purarlik borasida, balki assistentlik bobida ham jamoadagi eng yaxshi futbolchi sanaladi. Ikardi jamoadoshlarining 5ta goliga hammualliflik qilgan.

"Udineze"da esa Siril Tero jamoa to'purari sanaladi. Uning hisobida 8ta gol bor. Jamoa azosi Silvan Vidmer esa eng ko'p assistentlik qilgan futbolchi bo'lib turibdi. Vidmer jamoasining to'rtta goliga hammualliflik qilgan.


"Kevo" - "Atalanta" (19:00)
"A.Bentegodi" stadioni.
Bosh hakam
: Federiko La Penna.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu jamoalar jami 22 marotaba o'zaro duch kelishgan. "Kevo" jamoasi 8 marta g'alaba qozongan. "Atalanta" esa bitta kam, yani 7 bor. Qolgan 7ta o'yin esa durang bilan tugagan. To'plar nisbati: 23-21, "Kevo" foydasiga.

Bu to'qnashuv ushbu jamoalarning o'zaro 23 bahsi bo'ladi. O'zaro o'yinlardagi statistikada kichik ustunlik "Kevo" tarafida. Agarda bugun "Atalanta" o'z maqsadiga erishib, g'alaba qozonsa, unda ushbu tafovut o'z-o'zidan yo'qoladi. Yani barcha jihatlar bo'yicha kuchlar tenglashadi.
Ayni paytda turnir jadvalida "Atalanta" raqibidan ko'ra teparoqda joylashgan. "Kevo"ning bu yilgi ishlari "Atalanta"nikiga o'xshab yaxshi kechmayapti. Jamoa muntazam yaxshi o'yin ko'rsatishda oqsamoqda. Rolando Maran shogridlariga barqarorlik etishmayapti.
"Kevo" qo'lga kiritilgan 25 ochkodan 15tasini o'z uyida kechgan bahslarda ishlagan. Qolgan 10 ochko esa safardagi bellashuvlar orqali to'plangan.
"Atalanta" esa nisbatan yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. Jamoa 32 ochko jamg'argan holda 6-o'rinda bormoqda. Jan Pero Gasperini "Atalanta"ni juda yaxshi boshqarmoqda. Bosh murabbiy "Atalanta"ga aniq bir o'yin tizimini yo'lga qo'ya oldi. Ularning bu yilgi asosiy muvaffaqiyatlar kaliti aynan shu jihat bilan bog'lanmoqda.
"Atalanta" qo'lga kiritilgan 10ta g'alabadan 4tasini mehmonda qayd etgan. Bu esa jamoa nafaqat o'z maydonida, balki safarda ham bemalol o'ynay olishini ko'rsatmoqda.

Bu o'yinda favorit deb aniq bir jamoani ko'rsatish qiyin. Qaysi jamoa dadilroq va aniqroq o'ynasa, o'sha jamoa bu bahsda o'z maqsadiga erishishi osonroq bo'ladi. "Kevo" garchi zo' uyida o'ynayotgan bo'lsada, bu to'qnashuvda ularni favorit deya ko'rsatishga shoshilmagan maqul. Hozirgi "Atalanta" istalgan raqibni qiyin holatga tushirib qo'yishi mumkin.


"Jenoa" - "Roma" (19:00) (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX)
"Stadio Luiji Ferraris" stadioni.
Bosh hakam
: Nikola Riccoli.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu jamoalar barcha musobaqalarda jami 98 marotaba to'qnash kelishgan. "Jenoa" jamoasi 32 bor g'alaba qozongan. "Roma" esa 45 marotaba g'alaba nashidasini surgan. Qolgan 21 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 100-148, "Roma" ustunligida.

Turnir jadvalida ikkinchi pog'onda borayotgan jamoa 12-o'rindagi "Jenoa"ga safar uyushtirmoqda. Bu o'yinda favorit aniq. Yani Luchano Spaletti boshchiligidagi "Roma" "Jenoa"ga qaraganda ayni paytda kuchliroq va xavfliroq raqib hisoblanishadi. Har ikkala jamoa ikki xil holatda. Lekin "Jenoa"ning "Yuventus"ga qarshi o'yinini eslaydigan bo'lsak, unda bu bellashuvda har qanday natija qayd etilishi mumkinligini taxmin qilsa bo'ladi.
"Jenoa" jamoasi raqib safidan ko'proq Edin Jekodan ehtiyot bo'lishlari talab etiladi. CHunki Edin Jeko ayni paytda o'zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazmoqda. Uning hisobida hozirda 13ta gol mavjud. Hujumchi ushbu mavsumni juda samarador o'tkazmoqda.
"Roma" esa "Jenoa" tarkibidagi Diego Simeonening o'g'li Jovanni Simeonedan qo'rqishi kerak. CHunki bu iqtidorli futbolchi o'tgan safar "Yuventus"ni popugini pasaytirib qo'yishda asosiy rolni bajargandi. Aynan Jovanni Simeonening dubli evaziga "Jenoa" "Yuventus"ni birinchi taymdayoq taslim etgandi.


"Lacio" - "Krotone" (19:00)
"Stadio Olimpiko" stadioni.
Bosh hakam
: Fabio Mareska.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu o'yin ushbu jamoalarning ilk to'qnashuvi sanaladi.

Debyutant "Krotone" 9 ochko bilan 19-o'rinda bormoqda. "Lacio" esa 34 ochkoga ega va ular 4-pog'onani band etib turishibdi. "Lacio" bronza medallari uchun kurashni davom ettirishi uchun ham autsayder jamoalarga qarshi o'yinlarda imkon qadar maksimal ochko to'plashi lozim. "Krotone" esa A Seriyada o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Bu jamoa uchun har bir ochko suv va havodek zarur. Ular qolgan barcha uchrashuvlarga xuddi finalga tushgandek harakat qilishlari lozim bo'ladi.


"Sassuolo" - "Torino" (19:00)
"Stadio Kitta del Trikolore" stadioni.
Bosh hakam
: Massimiliano Irrati.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu jamoalar 6 marotaba to'qnash kelishgan. SHularning 2tasida "Sassuolo" jamoasining qo'li baland kelgan bo'lsa, "Torino" 2 bor g'alaba qozongan. Yana ikkita uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi tarixida hozircha barcha ko'rsatkichlar teng. Turnir jadvalidagi holatlari esa turli xil. "Sassuolo" asosan A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bo'lsa, "Torino" imkon qadar evrokuboklar uchun beriladigan yo'llanmaga ega chiqishni ko'zlamoqda. Ayni paytda "Torino" raqibiga nisbatan kuchli va mazmunli o'yin ko'rsatmoqda. Ammo "Sassuolo" o'z maydonida qanday o'ynash kerakligini biladi. Ular qo'lga kiritilgan 5ta g'alabani to'rttasini aynan o'z uylarida bo'lgan bahslarda  qayd etishgan. Lekin jamoaning oxirgi paytlarda ishlari yurishmayapti. Eysebio Di Fransesko shoigrdlari oxirgi beshta o'yindan 4tasida mag'lubiyatga uchrashdi. Bu esa jamoaning hozirgi holati havas qilarli emasligini bildirib turibdi.
"Torino" jamoasi ushbu mavsumda sifatli va yaxshi futbol ko'rsatmoqda. Ayniqsa jamoa hujumchisi Andrea Belottining harakatlari alohida tahsinga loyiq. Bejizga ushbu futbolchi 13ta gol bilan to'purarlik poygasida qatnashmayapti.


"Milan" - "Kalyari" (22:00)
"San Siro" stadioni.
Bosh hakam
: Pero Jakomelli.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
O'tkazilgan 68ta o'yindan 36tasida "Milan" g'alaba qozongan. "Kalyari" esa 7 marotaba ustun kelgan. Qolgan 25 o'yin esa durang natijasi bilan yakunlangan. To'plar nisbati: 102-54, "Milan" foydasiga.

"Milan" jamoasi ayni paytda 33 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Ular peshqadam "Yuventus"dan 9 ochkoga ortda qolishmoqda. Bu jamoalar qolgan jamoalarga nisbatan bittadan kam o'yin o'tkazishgan. "Milan" agarda qoldirilgan o'yinlarni g'alaba bilan yakunlaydigan bo'lsa, unda ular 5-o'rindan tezda uchinchi pog'onaga ko'tarilib olishadi.

"Kalyari" esa 23 ochko bilan 13-pog'onada ketishmoqda. Bu jamoa chempionatdagi eng yomon himoyaga ega. CHunki jamoa garchi eng so'nggi pog'onalarda bormayotgan bo'lsada, eng ko'p gol o'tkazib yuborish bo'yicha peshqadam sanalishadi. "Kalyari" 18 uchrashuvda o'z darvozasidan 42ta gol o'tkazib yuborgan. Bu chempionatdagi eng yomon natija.
Bu to'qnashuvda favorit so'zsiz bu "Milan" jamoasi. Vinchenco Montella shogirdlari ushbu o'yin orqali to'plar nisbatini ham yaxshilab olishlari mumkin. CHunki "Kalyari"ning mudofaa chizig'i A Seriyadagi eng kuchsiz himoya sanaladi.
Lekin shunga qaramay "Kalyari" jamoasi yangi yilni yaxshi kayfiyatda boshlash maqsadida "Milan"dan ochko tortib olishga urinib ko'rishadi.
Futbolda har doim ham favoritlar g'alaba qozonavermaydi.


"Yuventus" - "Bolonya" (00:45) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)
"Yuventus stedium" stadioni.
Bosh hakam
: Mauricio Mariani.

O'zaro o'yinlardagi fakt
:
Bu jamoalar jami 140 marotaba duch kelishgan. SHularning 68tasida "Yuve"ning qo'li baland kelgan. "Bolonya" esa 24 marotaba g'alaba qozongan. Qolgan 48 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 205-128, "Yuventus" foydasiga.

CHempionat peshqadami ushbu turda A Seriyaning eng yopiq va zerikarli futbol o'ynaydigan jamoasini qabul qiladi. "Bolonya" ishtirokidagi o'yinlarda nisbatan kam gol kiritiladi. Jamoa himoyaviy o'yin ko'rsatishni xush ko'radi. "Bolonya"ning mudofaa chizig'ini yorib o'tish juda qiyin ish. Bu jamoaning hujum chizig'i ham maqtanarli sifatlarga ega emas. Roberto Donadoni shogirdlari faqat natijani o'ylab o'ynaydigan jamoalar sirasiga kiradi. Bu jamoaga qarshi o'yinlarda dastlabki golni kiritib olish juda muhim. CHunki "Bolonya" birinchi golni kiritib olgan taqdirda, bu jamoa kamdan-kam hollarda o'z og'zidagi oshni oldirib qo'yadi.
"Yuventus" oldida ooson bo'lmagan uchrashuv turibdi. Bu o'yinda turinliklarga Janluiji Buffon yordam bera olmaydi. Allegri darvozaga Netuni qo'yishiga to'g'ri keladi.
"Yuventus" muxlislarini quvontiradigan jihati, jamoaning har uchala hujumchilari ham maydonga tushishga tayyor holatda. Allegri qaysi uslubni tanlashi va kimlarni asosiy tarkibda qo'yishini esa keyinroq bilib olamiz. Uning qo'l ostida uchta yuqori darajadagi hujumchilar mavjud.
Aynan ushbu hujumchilar orqali Allegri "Bolonya" darvozasiga kerakli kalitni topishga urinib ko'radi.

* "Peskara" - "Fiorentina" uchrashuvi qoldirilgan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика