So’nggi yangiliklar

23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  1 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  2 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  5

"PremiosLaLiga" marosimi haqida batafsil Yangiliklar

"PremiosLaLiga" marosimi haqida batafsil

Teglar :  RealBarselona
Kecha sportchi, sanatkor va arboblar Ispaniyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshilarini aniqlash marosimida yig'ilishdi.

Primero va Segundaning 2014/15 mavsumdagi eng yaxshilarni taqdirlash marosimi Barselona Forumlari saroyida bo'lib o'tdi. Hech kim tadbirni o'tkazib yuborishni istamadi. 1000dan ortiq mehmonlar taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Sportchi, aktyor, qo'shiqchi va boshqa mashhur insonlar qizil yo'lakchada kutib olindi. Barcha mehmonlar yig'ilganidan so'ng tashkilotchilar tadbirni boshlashdi. Taqdirlash marosimi dunyoning 130dan ortiq mamlakatida to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'rsatildi.

Eng yaxshilarni aniqlash tadbirida qiziqchi Lev Garlem va aktrisa Eliza Mouliya boshlovchilik qilishdi va ular 14 nominaciya bo'yicha futbolchi va murabbiylarga o'z sovrinini topshirishdi.




La Liga sovrindorlari:


- Eng yaxshi darvozabon: Klaudio Bravo ("Barselona")


- Eng yaxshi himoyachi: Serxio Ramos ("Real")


- Eng yaxshi yarim himoyachi: Xames Rodriges ("Real")


- Eng yaxshi hujumchi: Lionel Messi ("Barselona")


- Eng yaxshi murabbiy: Luis Enrike Martines ("Barselona"). Murabbiy kelmaganligi tufayli sovrinni "Barselona" vice-prezidenti Xordi Mestre oldi


- Eng yaxshi futbolchi: Lionel Messi ("Barselona")


- Eng yaxshi amerikalik futbolchi: Neymar ("Barselona")


- Eng yaxshi afrikalik futbolchi: Sofyan Feguli ("Valensiya"). Feguli marosimga kela olmaganligi tufayli sovrinni uning jamoadoshi Dani Parexo oldi


- Muxlislar etirofi: Krishtianu Ronaldu ("Real"). Ramos sovrinni Ronalduga berib qo'yishini aytdi va sovrinni o'zi oldi.

Segunda sovrindorlari:


- Eng yaxshi darvozabon: Ivan Kuelyar ("Sporting" Xixon)


- Eng yaxshi himoyachi: Bernardo Espinosa ("Sporting" Xixon)


- Eng yaxshi yarim himoyachi: Oskar Gonsales ("Valyadolid")


- Eng yaxshi hujumchi: Ruben Kastro ("Betis"). Kastroning o'rniga sovrinni Pepe Mel oldi.


- Eng yaxshi murabbiy: Pablo Machin ("Jirona")

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика