Premer-Liga Mourinoni jazolashi mumkin
02 fev 2015 08:32
Yangiliklar

Premer-Liga Mourinoni jazolashi mumkin
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Premer-Liga doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) jurnalistlar bilan suhbatlashmagani uchun FA tomonidan jazoga tortilishi mumkin.
FA bundan oldin Mourinoga 25 ming funt jarima solgandi. Bunga uning 28 dekabr kungi "Sautgempton"ga qarshi o'yindan keyin hakamlar va matbuot orqali “aristokratlar”ga qarshi "kampaniya" tashkil etilgan deb aytgani sabab bo'lgandi.
FA Angliya liga kubogi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yindagi harakatlari uchun "ko'klar" hujumchisi Diego Kostani 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilgach Mourino "Siti"ga qarshi o'yindan oldingi va keyingi matbuot anjumanlariga kirmadi.
Joze "Stemford Brij"dagi o'yindan so'ng matbuot bilan umuman muloqot qilgani yo'q. Har bir murabbiy o'yindan so'ng intervyu berishi shart, buning uchun TVda malum vaqt ajratib qo'yilgan. Mourino endi Premer-Liga oldida javob berishi kerak, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.
Joze birinchi marta bunday qilayotgani yo'q. "Nyukasl"ga qarshi o'yinda "CHelsi" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. O'sha bahsdan so'ng Mourino matbuot anjumaniga o'z yordamchisi Stiv Xollandni yuborgandi. Ammo “Siti” bilan uchrashuvdan keyin Xolland ham, futbolchilar ham jurnalistlar oldiga chiqishmadi.

Fikrlar