APL Alisher Usmonovning "Everton" bilan bo'lgan bitimi borasida tekshiruv o'tkazadi
16 jan 2020 17:44
Yangiliklar


APL Alisher Usmonovning "Everton" bilan bo'lgan bitimi borasida tekshiruv o'tkazadi
Oldinroq biznesmen Alisher Usmonovga tegishli bo'lgan USM kompaniyasi "Everton" stadionining nomlash huquqini xarid qilgani haqida xabar bergan edik.
Arenaning qurilishi tez orada boshlanadi va uning ochilishi 2023 yilga rejalashtirilgan.
Angliya Premer-ligasi rahbarlari ushbu bitimda qoida buzilish holati ro'y bergan deb gumon qilmoqda. Qoidaga ko'ra, har qanday biznes bitimi adolatli bozor narxida bo'lishi kerak.
Premer-liga tekshiruv olib boradi. Agar bitim bozordagi qiymatdan yuqoriroq narxda tuzilgani aniqlansa, kengash uni adolatli qiymat bo'yicha qayta hisoblaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar