Predrag Rogan: "2 ochko yo'qotdik"
30 apr 2022 21:44
Yangiliklar


Predrag Rogan: "2 ochko yo'qotdik"
- O'yin haqida
- Yigitlar bilan faxrlanaman. Ular munosib o'yin ko'rsatishdi. Dastlabki 15 daqiqada o'zimiz xohlaganday o'ynay olmadik va xatolar qildik.
SHokir Yo'ldoshev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Har 4 kunda bitta o'yin o'tkazmoqdamiz.
O'tgan o'yin – tarix, keyingisi – kelajak.
- Demak, siz natijadan qoniqmadingiz. 2 ochko yo'qotdik deb o'ylaysizmi?
- Ha, biz 2 ochko yo'qotdik. Biz 3 ochko olishni istagandik.
Bizda bir nechta o'yinchilar jarohat olishgan. Jumladan – CHumak, Rahmatov, SHaripov. Zaxiramizda o'rinbosarlar tarkibidan futbolchilarni jalb qilganmiz.
- Bosniyalik hujumchi Aleksandar Glishich bilan shartnoma bekor qilingani nima bilan bog'liq?
- Glishich hozir jamoamiz azosi emas. Buni muhokama qilishdan foyda yo'q.
- Kubokdagi "Neftchi" va Superligadagi "Neftchi" o'rtasida qandaydir farq sezdingizmi?
- Raqib biz kabi o'ynadi. "Neftchi" tajribali futbolchilardan iborat jamoa. Biz bugun 2 ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Ammo yana bir bor aytib o'taman, yigitlarimiz astoydil kurashishdi, bu uchun ularga rahmat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar