Pravda Vostoka Temur Kapadze PRO murabbiylik licenziyasi uchun o'qiyotgani haqida yozdi
28 noy 2013 12:39
Yangiliklar


Pravda Vostoka Temur Kapadze PRO murabbiylik licenziyasi uchun o'qiyotgani haqida yozdi
Gazetaning 28 noyabr, payshanba sonida berilgan xabarda takidlanishicha, hatto chet el mamlakatlari oliy ligalaridagi jamoalarga ham ustozlik qilish imkonini beradigan kurslarda Paxtakor ustozi Murod Ismoilov, yosh murabbiylar Baxtiyor Ashurmatov (Guliston), Davron Fayziev (So'g'diyona), milliy terma jamoa bosh murabbiyi yordamchisi SHuhrat Maqsudov va respublika o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev bor.
Etiborli tomoni, tinglovchilar orasida harakatdagi o'yinchi – yarim himoyachi Temur Kapadze ham bo'lib, aftidan, murabbiylik sohasiga hozirdan tayyorgarlik ko'rishga qaror qilgan, – deyiladi Pravda Vostoka xabarida.
Qayd etish joiz, Toshkentda davom etayotgan va yakuniy imtihonlari 14 aprel kuni bo'lib o'tadigan PRO licenziyasi uchun murabbiylik kurslarida O'zbekiston milliy terma jamoasi va Qozog'istonning Aktobe klubi yarim himoyachisi Temur Kapadze ishtirok etayotgani yo'q. 18 noyabrdan boshlangan kurslarda futbolchining otasi – Qo'qon-1912 jamoasi murabbiyi Tohir Kapadze o'qimoqda.
Championat.asia internet-nashrining yozishicha, avvalroq, 22 noyabr kuni Qozog'istonning Sports.Kz portali Temur Kapadze Toshkentda PRO licenziyasi uchun o'qimoqda, – degan manoda xabar chop etgan. Biroq, internet-nashrning qayd etishicha, PRO uchun o'qishdan avval, A toifasidagi licenziya egasiga aylanish kerak, Ani qo'lga kiritish uchun dastlab C va V licenziyalari uchun o'qish kerak.
Qayd etish joiz, murabbiylik kurslarida jami 14 nafar mutaxassis o'qiyotgan bo'lib, ular orasida Serbiya, Rossiya va Singapur vakillari ham bor.

Fikrlar