So’nggi yangiliklar

11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  0 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  2 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  12 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  4 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  8 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3

“Poytug'” - “Andijon viloyati hokimi Kubogi” sohibi Yangiliklar

“Poytug'” - “Andijon viloyati hokimi Kubogi” sohibi

Proffessional futbol klublari va havaskor jamoalar o'rtasida Andijon shahrida “Viloyat Hokimi Kubogi-2021” musobaqasi tashkil etildi.

10 yanvar kuni boshlangan turnirning final uchrashuv bugun bo'lib o'tdi. SHo'rbuloq dahasida joylashgan “Futbol mahorat maktabi”ning suniy qoplamali maydonida kunning birinchi qismida 3-o'rin uchun o'yin tashkil etildi. “A” guruhida 2-o'rinni band etgan “O'zSemYUngKo” jamoasi “V” guruhida 2-o'rinni egallagan “Andijon-2” jamoasi bilan kurash olib bordi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bahsda birinchi liga qatnashchisi “Andijon-2” jamoasining qo'li baland keldi – 2:1. SHu tariqa “Andijon-2” jamoasi “Hokim Kubogi” turnirida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. 

Tushlikdan so'ng “Hokim Kubogi-2021” turnirining final o'yini bo'lib o'tdi. Unda bosh sovrin uchun Izboskan tumanining “Poytug'” jamoasi bilan SHahrixon tumanining “Farziyo” jamoasi o'zaro bahs olib bordi. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan “Poytug'” jamoasi xususiy klub bo'lib, bosqichma-bosqich mustahkam poydevor yaratmoqda deyish mumkin. Ushbu jamoaga “Andijon”ning sobiq futbolchisi Asror Rahmonov ustozlik qilib kelmoqda. Bu yil “Andijon” jamoasi bilan xayrlashgan viloyatning ayrim iqtidorli futbolchilari aynan qishki yig'in chog'ida “Poytug'”da qo'nim topdi. 

SHahrixonning “Farziyo” jamoasi esa xavaskor klub bo'lib, bu jamoa tasischilari ham asta-sekin katta futbol tomon yurish qilishni rejalashtirgan. Aytishlaricha, “Farziyo” bu yildan boshlab, viloyat ikkinchi liga bahslarida ishtirok etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymoqda. 

Final uchrashuviga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, o'yin kutilganidek jangovar va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Futbolchilar g'alaba ilinjida maydonda bir-birini ortiqcha ayab o'tirgani yo'q. SHuningdek hakamlar tomon ham noroziliklar etarlicha bo'lib turdi. Ayniqsa “Farziyo” jamoasi azolari qanot hakamiga nisbatan tahdid solib turdi. “Poytug'” jamoasi mahorat bobida ustunlik qilib, ikki bor hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsada, shahrixonliklar ham bunga o'z vaqtida javob bera oldi. Uchrashuvning asosiy taymlarida durang natija qayd etildi va musobaqa nizomiga muvofiq g'olib jamoa penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. 

Lotoreyada “Poytug'” futbolchilarining omadi chopdi. Aniqrog'i yaqinda Toshkentning “Yashnaobod” jamoasidan taklif etilgan bo'ydor darvozabon Abdukarim Muhamedov “Farziyo” futbolchisi Umarbek To'xtasinovning yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni qaytarib, jamoasining g'alabasini taminladi. SHahrixonliklarning ushbu birgina xatosi yakunda “Poytug'”ga “Hokim Kubogi”da g'olib chiqishini taminlab yubordi. 

Bahs yakunlagach, sovrindor jamoalarga va turli nominaciyalarda “Eng yaxshi” deb topilganlarga kubok, medal, diplom va estalik sovg'alar topshirildi.

20.01.2020 yil

“Andijon viloyati Hokimi Kubogi-2021”. Final.

“Poytug'”“Farziyo” 2:2 (1:0) pen.b. 5:4.

Hakamlar: Akmal Rahimov, Xushnud Suyunboev, SHoxruh Akromov, Lochin Dolimov.

Nazoratchi: Toir Nizomov.

Gollar: Iskandar Ismoilov. Asliddin Abdumuxtorov – Muhammadkomil Nizomov. Umarbek To'xasinov. 

“Poytug'”: Abdukarim Muhamedov, Qobiljon Abidov, Muhammadali Tursunov, Davron Tursunov, Ziynatillo Ikromjonov, Asliddin Abdumuxtorov, SHukurullo Po'latov, SHoxruh Rahmiddinov, Said Mahammadinov, Omadjon Qodirov, Iskandar Ismoilov.

Zaxira: Otabek Mullajonov, O'lmas Niyozov, Alyor Hasanboev, Damir Jamaldinov, Abduqodir Mamatisaqov, Hasanboy To'xtasinov, Amirxon Fayziev.

“Farziyo”: Barakatillo Isroilov, Elyorbek Mamatov, Ilhom Abdug'aniev, Muhamadkomil Nizomov, Abduqahhor Nazirov, Akmal Yuldashev, Muzaffar SHerboev, Dilshod Yusufjonov, Jahongir Mahsudov, Elbek Yuldashev, Umar To'xtasinov.

Zaxira: Mashxur Mirzaev, Nizomitdin Isroilov, Abbos Abdullaev, Hotam Haydarov, Abubakir Aysarov, Zokir Najimov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика