So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Poygadagi tenglik: A Seriya 6-turi qanday o'tdi? Yangiliklar

Poygadagi tenglik: A Seriya 6-turi qanday o'tdi?

Teglar :  Yuventus A Seriya
A Seriyada navbatdagi tur uchrashuvlari ham o'z nihoyasiga etdi.

"Yuventus" g'alaba qozondi

Krishtianu Ronaldu va nihoyat koronavirusga topshirgan testi tahlil natijasi manfiy chiqdi va qaydnomaga kiritilib, zaxirada qoldirildi. "Yuventus" o'yinni tez boshladi, Danilo orqaroqdan Makkeniga to'p etkazib berdi. U esa to'pni qizg'onmay, Morataga oshirdi, ispaniyalik esa darvozani ishg'ol qildi. Alvaro mo'ljalda adashmagan bo'lsa-da, golni nishonlashga shoshmadi. Sababi yaqinda urgan 3ta goli hisobga olinmagandi. SHu sabab hakam markazga ishora qilgandan keyingina Alvaro xursandchiligini tashqariga chiqardi. Mehmonlarda yana imkon bor edi, ammo Tomazzo Pobega 32-daqiqada hisobni tenglashtirdi. "Zebralar" himoyasida yana muammolar yuzaga keldi, ammo "Speciya" bundan unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi taymda Pirlo maydonda Krishtianuni tushirdi va bu ijobiy natija berdi: portugaliyalik 52-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Speciya" mudofaasi borgan sari zaiflashardi va bundan esa unumli foydalanish lozim edi. Keza sherigiga havodan to'p etkazib berdi, Rabo esa himoyachini aldab o'tib, to'pni to'g'ri darvoza burchagiga joylab qo'ydi. Hammasi tugagandek ko'ringandi, biroq "Yuventus" yana gol urdi. "Yuve" penalti ishlab oldi, Ronaldu to'p yoniga keldi va raqib darvozasini ishg'ol etdi. "Keksa sinora" g'alaba qozondi va turnir jadvalida 3-o'ringa chiqib oldi. "Speciya" esa hamon quyi pog'onalardan birini egallab turibdi (17-o'rin).



"Inter" mag'lubiyatdan qutilib qoldi

"Neradzurri" hech qanaqasiga yuqoriga chiqolmayapti. To'g'ri, jamoa koronavirusdan qattiq aziyat chekdi, biroq bunday tarkib bilan ulardan ko'p narsa kutishgandi. Romelu Lukaku yo'qligi sabab hujum juftligini Ivan Perishich va Lautaro Martines tashkil qilishdi. Aytgancha, 1-taymda xorvatiyalikning yaxshigina imkoniyati bo'lgandi, ammo u bergan zarbadan to'p darvoza tepasidan uchib o'tib ketdi. Deyarli boshqa imkoniyat bo'lmadi, "Parma" ishonchli o'yin ko'rsatdi, "Inter"ning havodan bergan zarbalari esa hech qanday natija bermadi.

Havodan berilgan zarbalar bilan qanday o'ynash kerakligini 2-taymda "Parma" ko'rsatib qo'ydi. Ernani sherigiga to'p etkazib berdi, Jervinyu esa Samir Xandanovichga imkon qoldirmay, darvozani ishg'ol etdi. "Inter"ning markaziy himoyasi oqsayotgandi, "Parma" esa bundan unumli foydalana oldi. Bu safar Jervinyuga uzoqroqdan Ingleze to'p oshirdi, forvad esa yana bir bor Xandanovich darvozasini ishg'ol etdi. Aynan shu gol "Inter"ni "uyg'ota oldi". Konte bazi o'yinchilar o'rnini almashtirgandan keyingina jamoa yaxshiroq o'ynay boshladi. Brozovich hamkasbi Barelladan to'pni qabul qilib oldi va bir-ikki harakatdan so'ng Sepe darvozasiga gol urdi. Ko'p o'tmay Ranokkida ham yaxshigina imkoniyat bo'ldi, biroq bu gal Sepe bunga yo'l qo'ymadi. 90+2da Ivan gol urishga muvaffaq bo'ldi va shu yo'l bilan "Inter" mag'lubiyatdan qutilib qoldi.


"Napoli" mag'lub bo'ldi

Evropa Ligasidan keyingi o'yin. Gattuzo shogirdlari "Sassuolo"ga qarshi bahsda maydonga juda toliqqan holda tushdilar. Bunday taqvim o'yinchilarga qiyinchidik tug'diradi, shu sabab ham "neroverdi"ning imkoniyati yaxshi edi. O'yinni mezbonlar boshlab berdi: avvaliga Mertens uzoqdan darvoza to'siniga zarba berdi, keyin esa Osimxen posbon xatosidan unumli foydalana olmadi. Bir necha urinishlarga qaramay, 1-taymda gol bo'lmadi.

2-taymda esa Mertens jarima maydonidan ajoyib zarba berdi, biroq Konsili gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Qarshi hujumda esa Jeremi penalti ishlab oldi. To'p oldiga Lokatelli keldi va posbonga imkon qoldirmay, gol urdi. "Napoli" oldinga qarab harakat qila boshladi, lekin ularga biroz omad etishmadi. "Partenopeyclar"ning kuchi qolmagan bo'lsa-da, o'yinning oxirgi daqiqalarida Rojerio havodan Lopeaga to'p etkazib berdi. Francuz esa "Napoli"ning holdan toygan himoyachilarini aldab o'tib, bahsdagi so'nggi golni urishga erishdi. SHunday qilib "Sassuolo" 2-pog'onaga ko'tarilib oldi, "Napoli" esa 5-o'rinda bormoqda. 


"Lacio" va "Torino" triller namoyish etishdi

Har ikki jamoadan ham bu yil ko'prog'ini kutishgandi, ammo mavsum starti ular uchun biroz og'ir kechgandi. Biroq bu galgi o'yin juda qiziqarli kechdi. Gabbaron havodan Pereyraga to'p etkazib berdi, Andres esa "burgutlar" darvozasiga 1-golini urdi. "Torino" juda tezkorlik bilan o'ynadi. Bremer burchakdan berilgan zarbadan so'ng to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Ammo "Torino" bu bilan cheklanib qolmadi va yanada oldinga qarab intildi, natijada penalti ishlab oldi. Belotti to'p yoniga keldi va aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. "Lacio" tanaffusgacha yana bir bor gol urishga harakat qildi, biroq buning uddasidan chiqolmadi.

Ammo 2-taym boshlanganidan so'ng Milinkovich-Savich burchakdan aniq zarba berib, gol urdi va hisob tenglashdi. SHundan so'ng o'yin sezilarli darajada tinchlandi va bahs oxirlarida esa biroz jonlandi. Avvaliga Lukich pressingda oxirgacha harakat qildi hamda himoyachini xato qilishiga, to'pni darvozaga yo'llashga majbur qildi. Undan so'ng esa butkul kutilmagan voqealar yuz berdi. "Buqalar" darvozasiga penalti tayinlandi, to'p yoniga zaxiradan tushgan Immobile keldi va posbonga hech qanday imkon qoldirmadi. Lekin bu hali hammasi emas! "Lacio" o'tgan yildan buyon so'nggi daqiqalarda gol urmagan edi. Jarima maydonidan berilgan zarbadan so'ng to'p Kaysedoga kelib tushdi va ekvadorlik uni darvoza ichiga joylab qo'ydi. "Burgutlar" uchun muhim g'alaba, ammo shunday o'yinda "buqalar" ochkosiz qolib ketishi ham biroz alamli...


"Milan" g'olib bo'ldi

CHempionat etakchisi Udinega 1-pog'onada qolish istagi bilan bordi. O'yin startida "rossoneri" hammasi jiddiy ekanini ko'rsatib qo'ydi. CHalxanoglu havodan Zlatanga to'p etkazib berdi. Ibragimovich esa to'pni Kessiga oshirdi, u esa gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Udineze" osonlikcha taslim bo'lmadi. Ayniqsa, "qizil-qoralar" safida to'p tepgan Delofeu boshqalardan ajralib turdi. To'g'ri, mehmonlar ham Musso darvozasiga bir necha bor xavfli tarzda tahdid qilishdi. Bu erda Zlatanning zarbasini eslashning o'zi kifoya.

Tanaffusdan so'ng voqealar rivoji yanada jadal tus oldi. Jarima maydonida Pussetoga nisbatan qoida buzildi va penalti belgilandi. To'p yoniga De Paul keldi va gol urdi. Bundan keyin goh u jamoa, goh bu jamoa hujumga o'tardi. Har ikkisida ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Biroq hujum qilish uchun aniqlik etishmadi. "Milan" Evropa Ligasida o'ynagandi, lekin bu ularga katta tasir ko'rsatmadi. Jamoa u qadar yorqin o'ynamagan bo'lsa-da, ishonchli o'yin namoyish etdi. Xullas, 83-daqiqada Zlatan "Udineze" darvozasiga hal qiluvchi golni urdi, "Milan" esa A Seriyadagi 1-o'rnini saqlab qoldi.

SHuningdek, "Roma" "Fiorentina"dan kuchliroq chiqdi, "Atalanta" "Krotone"ni mag'lub etdi, Genuya derbisida esa durang qayd etildi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика