So’nggi yangiliklar

22:59ЖЧ саралаши. БАА Қатар дарвозасига жавобсиз бешта гол урди. Ўзбекистонга "кела олмаган" Лимадан покер  176 22:39Буффон ўзи билан бирга ўйнаган энг кучли футболчи ким бўлганини айтди  3 21:30ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия Саудия Арабистонини сенсацион тарзда мағлубиятга учратди  17 21:08ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси Эронга қарши камбэк қайд этишга яқин келди, аммо якунда барибир мағлуб бўлди  9 20:33КХДР терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинларни яхши ўтказдик, аммо..."  18 19:59"Милан" "Монпелье" хавбекини қўлга киритмоқчи  0 19:47Сречко Катанец: "90 дақиқа бир хил ўйнайдиган жамоаларни топиш қийин бўлса керак"  142 19:42Влахович Данияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  59 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  13 18:51Омадимиз келди, Юсуповга эса раҳмат. Ўзбекистон қийинчилик билан КХДРни мағлуб этди  665 17:58ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Эрон: Асосий таркиблар маълум  7 17:35Буффон: "Неймар бешта "Олтин тўп" ютиши керак эди"  9 16:41Левандовски "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи  5 14:50"Милан" "Реал"да ўйин амалиётига эга бўлмаётган вингерга кўз тикди  6

Poyga tobora kuchaymoqda: A Seriya 8-tur prevyusi Yangiliklar

Poyga tobora kuchaymoqda: A Seriya 8-tur prevyusi

Bugun A Seriyaning navbatdagi o'yinlariga start beriladi.

"Yuventus" – "Kalyari"

Terma jamoalar uchun atalgan tanaffus "Yuventus"ga foyda keltirishi kutilmoqda. Bazi futbolchilar safga qaytdi, Andrea Pirloda esa o'z navbatida jamoasi nega 1-o'rinda emasligi haqida bosh qotirish uchun etarlicha vaqt bo'ldi. Hujum chizig'ida yana Morata-Ronaldu tandemini ko'rsak ajab emas. Himoyaga esa De Ligt qaytadi. "Kalyari"da esa yo'qotishlar jiddiyroq, Nandes va Godin koronavirus tufayli jamoaga yordam bera olishmaydi. Blago, Tripadelli va Klavan jarohatdan forig' bo'lib, safga qaytishdi. Ammo ularning jismoniy holati borasidagi savol ochiqligicha qolmoqda.

Qiziq jihati shuki, “Kalyari” oxirgi o'zaro bellashuvda g'alaba qozongan – 2-0, lekin to'qnashuv favoriti bari-bir "Yuventus". "Keksa sinora"ning ishlari u qadar zo'r bo'lmasa-da, jamoa istalgan jabhada bo'lajak raqibdan ustun. To'g'ri "Kalyari"ning qarshi hujumlaridan ehtiyot bo'lish zarur, lekin "byankoneri" uchun A Seriyada taqvim jihatidan qulay fursat keldi va jamoa o'ziga kelishi talab etiladi. 


"Inter" – "Torino"

Konte muntazam ravishda koronavirus tufayli kimnidir yo'qotmoqda. Bu safar murabbiy Kolarovva Brozovichsiz qoldi. SHuningdek, Vidal va Hakimining maydonga tushishi ham so'roq ostida qolmoqda. Lekin ikki asosiy hujumchi sog' va o'yinga chanqoq bo'lib, "buqalar" himoyasiga muammolar vujudga keltirish uchun shay bo'lib turibdi. Raqib esa himoyachi Iccosiz qoldi. SHuningdek, Baselliva Miliko ham bu uchrashuvni o'tkazib yuboradi, Belotti safga qaytdi. "Torino" futbolchilari hozircha Jampaolo g'oyalarini to'liq tushunib ulgurmadi, ammo "Inter" bilan o'yinda ular bor kuchlari bilan kurashishlari turgan gap.

Oxirgi marta "Inter" "Torino"ni 3:1 hisobida taslim qilgandi. Hozir "Inter" yana favorit sifatida qaralmoqda, biroq har ikki klub mavsum avvalida kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti. "Inter" ham, "Torino" ham mavsumga kirishib olishda muammolarga duch kelishmoqda. Biroq o'yinchilar darajasidagi farq o'z so'zini aytib, mezbonlar zafar quchishi haqiqatga yaqinroqdek.


"Napoli" – "Milan"

Aynan shu bellashuvni Italiya chempionati navbatdagi turning markaziy to'qnashuvi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Sababi unda 1-o'rin va 3-pog'onani egallab turganlar o'zaro to'qnashadi. Gattuzo bu o'yinda Raxmani, Xyusay va Osimxen xizmatlaridan foydalana olmaydi, ammo Lozanova Bakayoko safga qaytdi. "Milan" esa bir yo'la ikki murabbiyidan ayrildi, Pioli va Murelli koronavirusga chalindi. "Napoli" bilan o'yinga jamoani Bonera boshlab tushadi. Leaodan boshqa barcha futbolchilar maydonga tushishga hamda etakchilikni saqlab qolish uchun kurashishga tayyor. 

Ushbu stadionda o'tgan avvalgi bellashuvda muxlislar yorqin o'yin guvohiga aylangan va 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bukmekerlar bu safar "Napoli"ni biroz ustunlikka ega deb hisoblashmoqda. Piolisiz qolgan "Milan"ga safarda qiyin bo'lishi turgan gap. Biroq amalda qanday bo'ladi va maydondagi hisob-kitob nima bo'ladi, hech kim aniq ayta olmaydi. Nazarimizda, bizni murosasiz va gollarga boy bellashuv kutib turibdi. 


"Roma" – "Parma"

Fonseka navbatdagi muammolar girdobida qolmoqda. Bir nechta futbolchi turli sabablarga ko'ra, oldindagi bellashuvni o'tkazib yuborishga majbur. Edin Jeko koronavirusdan qutula olmayapti, Kris Smollingni esa oshqozoni bilan bog'liq muammolar tinch qo'ymayapti. "Eski" yo'qotishlarni esa qaytarishning hojati bo'lmasa kerak. Borxa Mayoral o'zini ko'rsatishi uchun yaxshi imkoniyat. "Parma" koronavirusdan aziyat chekmayapti, lekin jamoaning hujumdagi etakchisi Jervinyu jarohati sabab o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Umuman olganda, "Parma" oxirgi o'yinlarda ancha mazmunli o'yin ko'rsatmoqda va rejadan og'ishmay, olg'a intilish niyatida yuribdi.

O'zaro o'tgan so'nggi o'yinda "Roma" 2:1 hisobida g'alaba qozongan. To'g'ri, bu safar ham "jallorossi" imkoniyatlari yuqoriroqdek, lekin bukmekerlar mehmonlarga juda past baho berayotgandek. "Bo'rilar" safidagi muammolarni inobatga olsak, "Parma" yaxshigina qarshilik ko'rsata olsa ajabmas.


"Krotone" - "Lacio"

"Akulalar" hali biror marta g'alaba qozona olmagan jamoa bo'lib turibdilar. Hozir bunga nuqta qo'yish ham hozir biroz qiyinchilik tug'diradiyu Sababi mezmonlarda yo'qotishlar bor. Simone Indzagi ham unchalik yaxshi holatda emas. Immobile maydonga tushishi noaniq, bu o'yin kuni hal bo'ladi. Luis Alberto biroz ko'p gapirib yubordi va endi Indzagi bunday qilmasliklarini iltimos qilishiga qaramay, rahbariyat tomonidan jazolanishi mumkin. Milinkovich-Savich va Luis Felipe esa "burgutlar"ga yordam berolmasligi aniq. 

Jamoalar so'nggi marotaba 2 yil avval uchrashgandilar. O'shanda bahs 2:2 hisobida o'z yakuniga etgandi. Hozir esa "Lacio" favorit hisoblanayotgan bo'lsa-da, vaziyat juda chalkash. Aynan qaysi futbolchilar maydonga tushishi haqida bir narsa deyin qiyin, sababi har ikki jamoada ham muammoalar etarlicha topilmoqda.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика