Poulsen Evropa chempionati tarixidagi eng tezkor gollardan birini urdi
17 iyu 2021 21:50
Yangiliklar
Poulsen Evropa chempionati tarixidagi eng tezkor gollardan birini urdi
Ayni daqiqalarda Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Daniya – Belgiya uchrashuvi davom etmoqda.
Bahsda hisobni dastlabki daqiqalardanoq hujumchi Yussuf Poulsen ochdi. Buning uchun unga 99 soniya talab qilindi va bu Evropa chempionatida urilgan eng tezkor ikkinchi gol sifatida yozildi.
Mazkur natija bo'yicha musobaqa rekordi esa rossiyalik Dmitriy Kirichenkoga tegishlidir. U Evro-2004'da Greciya darvozasini 66-soniyada ishg'ol etgan edi.
Fikrlar