So’nggi yangiliklar

12:42Гвардиол, Бальде, Менди... FourFourTwo дунёнинг энг яхши чап қанот ҳимоячилари рейтингини тузди  1 12:16FourFourTwo дунёнинг энг яхши таянч ярим ҳимоячилари рейтингини эълон қилди  3 11:49​"Олимпик" собиқ футболчиси Қозоғистон клубига йўл олди  0 11:20"Бавария" спорт клуби аъзолари сони бўйича рекорд ўрнатди  0 10:48Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  12 10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  2 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  8 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  10 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  6 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  13

Portugaliyaliklarni 48 soniya ichida larzaga keltirgan 15 uzatma. Marokashning golli kombinaciyasi – top Yangiliklar

Portugaliyaliklarni 48 soniya ichida larzaga keltirgan 15 uzatma. Marokashning golli kombinaciyasi – top

Navbatdagi sensaciya!

Agar Marokash – Portugaliya o'yinining birinchi taymidagi statistikaga qarasak, noto'g'ri xulosa chiqarishimiz mumkin. To'pga egalik qilish nisbati – 35ga 65, 29% harakat Marokash tomonida, 51% markazda, 20% portugallar tarafida. Portugaliya birinchi raqam bo'lib o'ynadi, Marokash esa o'rta blokni yopdi va qarshi hujumlarga o'tdi.

G'alaba goli – hech qanday qarshi hujum emas, bu portugaliyaliklar butun taym davomida intilgan juda uzoq kombinaciyadir.

Bu golni Krishtianu Ronaldu uslubida uchgan En Nesiri (2,53 metr!) urdi va bu erda balki darvozabonning ham xatosi bo'lgandir.



Ammo, hammasidan ham bu vaziyatning qanday rivojlangani qiziq. Bu sabr, chidamlilik va xotirjamlikning namunasidir. 

Biz esa hujumni boshidan kuzatamiz va zavqlanamiz. 

Boshlang'ich nuqta – Feliksning ofsaydi. Xakimi erkin zarba bilan chap qanotdan sherigiga uzatma berdi – Attiyyat-allu esa 48 soniyadan so'ng assistni ijro etdi.



Attiyyat-alla oldinga harakat qiladi va ikki portugaliyalikka duch keladi va to'pni ortga uzatma ijro etishdan boshqa varianti bo'lmagan Bufalga qoldiradi.



Amrabat pastroq tushadi va o'zini taklif etadi. Pasni qabul qilib oladi va darvozabon orqali boshqa qanotga uzatadi.



Biz Marokashning qanotda 3ga 2 holda ustunligini ko'ramiz, ammo portugaliyaliklar qayta joylashishadi va markaziy chap himoyachi El Yamik to'pni darvozabonga qaytaradi. Amrabat shu paytda "qo'riqchi" vazifasidan ketadi va yana o'zini taklif qiladi.



U jarima chizig'iga tushadi va yarim himoyachi Unaida erkin kanalni ko'radi.



Unai Ziesh atrofida yoyni yuzaga keltiradi va unga to'pni oshiradi.



Xakim navbatdagi uzatmani ijro etadi (hujumdagi uchinchisi – "Man Siti" darajasi!) – u erda Bufalning portugaliyaliklar qanot himoyachisi bilan to'qnashuvida imkoniyatni ko'radi. Ammo, Bufal markazga o'tadi.



Marokashliklar eng yaxshi imkoniyatni topishda sabr qilishadi. Bufal o'rtaga o'tadi va ortida Attiyyat-alla qanotda bir o'zi qolib ketganini sezadi. Va portugallarni maksimum markazga jalb qiladi.



Unai bilan devor uslubida o'ynaydi.



Keyinchalik o'yinni ideal uzatma berish uchun ko'p vaqt va hududga ega bo'lgan Attiyyat-allaning qanotiga o'tkazadi. SHu bilan birga portugaliyaliklarning qanot himoyachisi yolg'iz qolib ketdi – marokashliklar ikki harakat bilan qanotda 2ga 1 holatni yuzaga keltirishdi.

SHu vaqtda 188 santimetr bo'yga ega forvard En Nesiri qanot himoyachisi Rafael Gerreyru (170sm) bilan bir o'zi qolib ketdi. O'sha paytda Ruben Diash qo'lini ko'targan holda ortida emas, oldida xavf borligini ko'radi.



Bir necha soniyalardan so'ng yuqori uzatma, En Nesirining sakrashi... 2,53 metrga!



Va 11 nafar xafa portugaliyaliklar.



To'p bilan 48 soniya, 15ta pas, 9 nafar harakatdagi o'yinchilar, qanotdan qanotga uch uzatma. Ushbu kecha nafaqat Marokash himoyani tashkil etishdagi qattiq jamoa, balki undan ham ko'proq narsa ekanligini ko'rsatdi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика