So’nggi yangiliklar

11:10Осимхен "Ал Аҳли"да қанча ишлаб олиши маълум  0 10:42Янгилаган EЧЛ ғолиби қанча пул ишлаб олиши маълум  5 10:10Хосе Венансио Лопес: "Португалиядаги йиғинда биз Европа терма жамоалари билан даражамиз қанчалик фарқ қилишини билиб олдик. Мундиалда реалист бўлишимиз ва имкониятларимизни тўғри баҳолашимиз керак"  1 09:50"Арсенал" яна бир юлдуз футболчи билан шартнома тузмоқчи  2 09:23«Барселона» «Nike» сабабли Нико Уильямс ва Рафаэл Леау билан шартнома туза олмади. Нега?  3 08:54Гвардиола "Ман Сити" xодимларига катта миқдорда пул совға қилди  1 08:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА бош мураббийи Марко Николич ҳақида фикр билдирди  9 07:58Карло Анчелотти "Реал Мадрид"нинг Испания чемпионатини ёмон бошлагани ҳақида гапирди  0 07:33Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади  18 07:15Саудия чемпионати. "Ал Иттиҳод" - "Ал Таавун", Бензема ванихоят гол урди  0 06:50Ла Лига. "Лас Пальмас" - "Реал Мадрид", "Реал"нинг омади келди, рақиб жамоанинг иккинчи голи ҳисобга олинмади  5 06:35Конференциялар лигаси. "Панатинаикос" - "Ланс", Француз жамоаси қарши ҳужумда жазоланди  0 02:27Ла Лига. "Реал" сафарда "Лас-Пальмас"ни енга олмади  41 01:30Вазифа "омадсиз" бажарилди... "Челси" мағлуб бўлган ҳолда Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига йўл олди, "Астана"дан суперкамбек!  3 01:28Sofascore. "Ланс" мағлуб бўлган ўйинда Абдуқодир Ҳусанов неча баллга лойиқ кўрилди?   1

Portugaliyalik futbolchi haqida fikringizni o'zgartiradigan Ronalduning 18 ta hayotiy voqeasi (1-qism) Yangiliklar

Portugaliyalik futbolchi haqida fikringizni o'zgartiradigan Ronalduning 18 ta hayotiy voqeasi (1-qism)

Ronaldudan nafaqat futbol maydonida, balki hayotda ham namuna olish mumkin.

Yaqin kunlarda The Sun nashri tomonidan Krishtianu Ronaldu haqida maqola chop etildi. Ushbu materialda uning 18 ta diqqatga sazovor hayotiy voqeasi ochib berilgan. Nima uchun Krishti sport olamida eng katta va yoqimli insonlardan biri sifatida gavdalanganini bilmoqchi bo'lsangiz, mazkur maqolani o'qib chiqishni tavsiya qilamiz.


1. Ronalduning oltin butsasi

2011 yilda, Krishtianu Joze Mourino qo'lostidagi "Real" safida 40 ta gol urib, "Oltin butsa"ga sazovor bo'ldi. Qadrli shaxsiy sovrinni o'z xonasiga qo'yish o'rniga, u mazkur sovrinni "aukcion"da sotishga va kelib tushgan mablag'ni xayriya uchun ishlatishni maqul ko'rdi. Portugaliyalik oltin butsasini ishonib bo'lmas narx - 1,2 mln funtga sotdi va tushgan pulni urushda vayron bo'lgan Gazaning (Falastin) qayta tamirlanishi uchun hayriya qildi. 


2. Krishtianuning "Oltin to'pi"

Ronaldu 2013 yilda olgan "Oltin to'p"ini ham aukcionga qo'ydi. Undan tushgan 600 ming evro miqdoridagi mablag'ni davolab bo'lmaydigan va xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning orzusini amalga oshiruvchi "Orzu qil" xayriya fondi jamg'armasiga o'tkazib berdi. 



3. Hayriya tashkilotlari elchisi

Krishtianu Ronaldu 3 ta yirik hayriya tashkilotlari: "Bolalarni qutqaring", "Yunisef" va "World Vision", elchisi hisoblanadi.  Portugaliyalik ushbu tashkilotlarda faol qatnashib keladi. O'tgan yili Ronaldu Suriya nizolarida jabr ko'rgan bolalarni "haqiqiy qahramonlar" deb atadi va ularga qarata: "Men siz bilanman", - dedi. SHuningdek, Portugaliya terma jamoasi sardori "Bolalarni asrang" fondiga sirli hayriya qilgan va uni ommaga elon qilmaslikni so'ragan.


4. Bonuslarni hayriyaga bergan

2013 yil, Ronaldu UEFAning yil termasiga kiritilgan va bonus sifatida 100 ming evroni qabul qilib olgan. Albatta, bu pullarni Krishtianu rad etgan va "Red Cross"ga ehson qilib yuborgan. 2014 yil. Portugaliyalik ECHLda "Real"ni chempion bo'lishida yordam qilgani uchun "qaymoqranglilar" rahbariyati tomonidan 450 ming evro bonusni qabul qilib oldi va "Save the Children", "UNICEF" va "World Vision" xayriya tashkilotolariga ushbu summani ulashdi. 



5. Xayriya

Krishning tanasida "tautirovka" yo'q va bo'lmaydi. Bu Ronalduning ongli ravishda qilgan tanlovidir. U muntazam ravishda qonini beradi va ko'plab donorlik akciyalarida qatnashadi.

 "Qonimizni ulashsak, hammamiz bundan foyda ko'ramiz. Qon topshirish xayriya tashkilotlaridan biriga rahmat aytaman, ular 3 nafargacha insonni davolanishi uchun imkoniyat berishmoqda. Hozir, yoningizda qonga muhtoj bo'lgan insonlar ham bor. Hamma ham emas, balki qoni mos tushadigan insonlar. SHuning uchun men donor ulashaman", - deydi Ronaldu.


6. Nepalda yuz bergan zil-zila qurbonlariga hayriya qilgan

2015 yil. Ronaldu Nepalda yuz bergan kuchli er qimirlashidan keyin juda katta pul mablag'ini hayriya qilish uchun "Save Children" fondiga topshirgan. OAVning malumotiga ko'ra, Krishtianu 5 mln evrodan ko'proq puldan voz kechgan.


7. Onkologik markazga yordam bergan

Krishtianuning onasi Dolores Aveyru 2007 yilda ko'krak bezi saratonini engib o'tdi. SHu bois, Ronaldu onasini davolagan klinikaning shifokorlariga minnatdorchilik bildirishga qaror qildi va Portugaliyada joylashgan ushbu onkologiya markazini rivojlantirish uchun 135 ming funt xayriya qildi.


8. Etimlarga g'amxo'rlik qilish

O'z joniga suiqasd qilish natijasida o'lgan ota-onaning farzandi, yosh livanlik "Real" muxlisi Xaydar Ronaldu bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bunda mahalliy muhbirlar Xaydarning ota-onasi bilan bog'liq bo'lgan vaziyat keng tarqalishi maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda elon qilishgan va "qaymoqranglilar" rahbariyati bundan xabar topib, Ronaldu o'sha bolakay bilan ko'rishishi uchun ijozat berishgan.



9. O'lim azobida yotgan muxlisga yordam

9 yoshli Nuxuzet Gilbenning tarixini o'rganish natijasida shu malum bo'ldiki, u 2009 yilda davolab bo'lmaydigan oq qon kasalligiga uchragan. Krishtianu bu haqda bilganidan keyin shaxsiy haydovchisini bolakayning oilasini "Real" klubi istiqomat qilayotgan mehmonhonaga olib kelishi uchun yuborgan. Liftdan chiqishda, futbolchi o'smir bolakayga hazillashgandi: "Biror narsa deyishni istamaysanmi?" SHundan so'ng, Ronaldu Guxuzetni "Santyago Bernabeu"da bo'ladigan o'yinga taklif qildi va urgan golini unga bag'ishladi. Otasi bilan bo'lgan suhbat Ronalduga, bolakayning davolanishi uchun imkoniyat kamligi, shunday bo'lsa ham AQSHda urinib ko'rish kerakligini bildirdi va Roni to'lovni o'z zimmasiga oldi. Nuxuzetning holati yomonlashganida, Ronaldu uning barcha dori-darmonlari va hususiy tibbiyot markazida davolanish xarajatlarini (100 ming funt) to'lashni taklif qildi. SHunday qilib, 2013 yil mart oyi bolakay vafot etguniga qadar Krishtianu 1 yil mobaynida bolaning oilasiga yordam bergan.


10. Krishtianu muxlislari bilan ochiqko'ngil

Albatta, Ronaldu ham uning muxlislari yoniga rasmga tushish, dashat olish maqsadida yopirilib kelishganida, biroz noqulay holatga tushib qoladi. Lekin, u o'z muxlislarini rad etmaydigan va chetlab o'tmaydigan futbolchilardan biri hisoblanadi. Portugaliyalik tez-tez yugurib kelgan ishqibozlarni rasmga tushish va futbolkasini sovg'a qilish orqali qo'riqchilardan saqlab qoladi. Ronaldu shuningdek muxlislar bilan gaplashishni, futbolkasini ulashish va selfiga tushishni kanda qilmaydi, yaxshi ko'radi.



Davomi bor...


Nodir Abdurasulov tarjima qildi

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика