So’nggi yangiliklar

09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  0 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун таҳминий таркиби  6 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  4 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  3 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  15 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  5 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  7

Portugaliya terma jamoasi darvozaboni: "Maqsadimiz musobaqaning so'nggi kuniga qadar shu erda qolish" Yangiliklar

Portugaliya terma jamoasi darvozaboni: "Maqsadimiz musobaqaning so'nggi kuniga qadar shu erda qolish"

Portugaliya futzal terma jamoasi darvozaboni Eduardu Souza Jahon chempionati startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- Portugaliya terma jamoasi mundialga qanday tayyorgarlik ko'rdi? Panamaga qarshi kechadigan dastlabki uchrashuvga qanchalik tayyorsizlar?

- Biz Panama terma jamoasining bir nechta o'yinlarini tahlil qilib chiqdik va videolarni ko'rdik. Qiyin o'yin bo'lishini taxmin qilyapman, sababi Panama jismoniy holati ancha kuchli va qarshi hujumda juda xavfli. Biz ancha etiborli va hushyor bo'lishimiz kerak. Panama terma jamoasi bizga etarlicha muammo tug'dira olishiga ishonaman, ammo biz yakunda g'alabani qo'lga kiritishimiz kerak. 

- Guruhdagi raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz? Marokash, Tojikiston va Panama terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgansizlar...

- Ko'pchilik bu terma jamoalarni jiddiy qabul qilmasligi mumkin, ammo futzalni muntazam kuzatib boradigan insonlar bunday fikrlamasligi aniq. Marokash so'nggi yillarda yaxshigina o'sishga erishdi. Tojikiston esa Osiyo Kubogida "syurpriz" jamoa bo'la oldi. Tojikiston futzalchilari yuqori darajali o'yinchilar va ular o'z ishini juda yaxshi bajarishmoqda. Panama terma jamoasi esa "Konkakaf" mintaqasi chempioni. Barcha raqiblarga qarshi oson o'yin bo'lmasligi aniq.

- Amaldagi Jahon chempionlarining ushbu mundialdagi maqsadlari qanday?

- Avvalroq aytib o'tganimdek, biz o'z mintaqasining chempionlari bilan bir guruhdan joy olganmiz. Bosh murabbiyimiz aytib o'tganidek, bizning asosiy maqsadimiz musobaqaning so'nggi kuniga qadar shu erda qolish. Biz qiyin guruhdan joy oldik, ammo keyingi bosqichda yaxshiroq vaziyatda bo'lishimiz uchun guruhda birinchi o'rinni egallashimiz kerak. 



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Eslatib o'tamiz, Portugaliya futzal terma jamoasi mundialdagi yurishini 16 sentyabr kuni Panamaga qarshi boshlaydi. Uchrashuv soat 17:30da "Humo Arena"da o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика