Portugaliya. "Portu" kutilmaganda chempionat restartini mag'lubiyat bilan boshladi
04 iyu 2020 03:57
Yangiliklar


Portugaliya. "Portu" kutilmaganda chempionat restartini mag'lubiyat bilan boshladi
Uchrashuv Juan Pedro Souza shogirdlarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. SHunday qilib, "Famalikau" klubi "ajdarlar"ning 7 o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'ydi.
Hisob 2-bo'lib boshida Fabiu Martinsh tomonidan ochildi. 74-daqiqada "Portu" yarim himoyachisi Xesus Korona o'yinda muvozanatni tikladi, biroq 4 daqiqadan keyin Pedru Gonsalvesh mezbonlarga 3 ochko taqdim qilgan golni urdi.
Bu g'alabadan keyin "Famalikau" (40 ochko) musobaqa jadvalining 5-pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, turnir peshqadami bo'lib turgan "Portu" (60 ochko) katta ehtimol bilan 2-o'ringa tushib ketadi. CHunki "Portu"dan atigi 1 ochko kam jamg'argan "Benfika"ning hisobida bitta zahira o'yini bor.
Famalicao Fabio Martins - 48', Pedro Goncalves - 78' |
Primeira Liga . 25-tur 04/06/2020, 02:15 1
:
2
Tugadi
|
FC Porto Jesus Corona - 74' |
Stadion: Municipal 22 de Junho, 0 tomoshabin
Bu g'alabadan keyin "Famalikau" (40 ochko) musobaqa jadvalining 5-pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, turnir peshqadami bo'lib turgan "Portu" (60 ochko) katta ehtimol bilan 2-o'ringa tushib ketadi. CHunki "Portu"dan atigi 1 ochko kam jamg'argan "Benfika"ning hisobida bitta zahira o'yini bor.
Portugaliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar