So’nggi yangiliklar

09:45"Арсенал" Испания терма жамоаси билан келишувга эришди  2 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  1 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  8 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  0 07:54"Барселона" учта ўртоқлик учрашуви учун 15 миллион олади  2 07:25Суперлига. Бугун 9-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  5 01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  6 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  1 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  8 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  6 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  4 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  2 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  43

Portugaliya futzal termasi azosi Tiago Brito: "Sportda har doim ham ko'proq hujum uyushtirganlar g'alaba qozonavermaydi" Yangiliklar

Portugaliya futzal termasi azosi Tiago Brito: "Sportda har doim ham ko'proq hujum uyushtirganlar g'alaba qozonavermaydi"

Portugaliya terma jamoasining futzal bo'yicha JCH-2024dagi ishtiroki yakunlandi.

Terma jamoa musobaqaning 1/8 finalida Qozog'istonga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. O'yindan so'ng Tiago Brito portugaliyaliklar bundan afsusda ekanini takidladi.



"Bu dahshatli tuyg'u. Sportda har doim ham ko'proq hujum uyushtirganlar g'alaba qozonavermaydi va bugungi bahs buning isboti bo'ldi.

Umuman olganda, biz yaxshi o'yin o'tkazdik, o'yin nazoratini qo'lga oldik. Lekin asosiysi oldinga qo'yilgan maqsad va bu borada Qozog'iston bizdan ko'ra munosibroq ekan. Hozir qo'limdan keladigani ularni tabriklash. Sodir bo'lgan voqealar haqida ko'p gapirish qiyin, chunki gap yomon o'yin yoki vaziyatlarning etishmasligida emasdi. O'ylaymanki, finishda kamchiliklarga yo'l qo'ydik, bu futzalning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri.

Terma jamoaning yo'li shu erda tugamaydi. Bu bir necha yillardan beri davom etayotgan va kelajakda ham davom etadigan sayohat. Yuqori o'rinni band eta olmaganimizdan afsusdamiz, biroq biz Portugaliya sharafini munosib himoya qilishga urindik. Biz maydonda har doim, har bir o'yinda bor kuchimizni berdik", – dedi 33 yoshli futzalchi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика