So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Portugaliya Evro-2020 favoriti. Asosiy sabab “Sporting” akademiyasidan chiqqan yulduzlar Yangiliklar

Portugaliya Evro-2020 favoriti. Asosiy sabab “Sporting” akademiyasidan chiqqan yulduzlar

Portugaliya futbolining rivojlanishi bevosita “Sporting” futbol akademiyasining faoliyati bilan bog'liq.

Mamlakatda istedodlarni topganliklari uchun muxlislarga ham pul to'lanadi.

Yulduzlarning konveyer tizimi qanday ishlaydi?

Evro-2016 final uchrashuvi. Portugaliya Franciyani 1:0 hisobida mag'lub etdi va o'z tarixida ilk  bor yirik musobaqada g'olib bo'ldi. O'sha tarkibdagi 10 nafar futbolchi aynan “Sporting” akademiyasi tarbiyalanuvchilari edi. Ularning barchasi musobaqada maydonga tushishdi: Patrisio, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Ronaldu, Sedrik, Joau Mariu, Adrien Silva, Nani va Kuarejma.

Evro-2020 da “Sporting”ning terma jamoaga tasiri saqlanib qoldi: yuqorida sanab o'tilganlarning 5 nafari va himoyachi Nunu Mendesh hamda yarim himoyachi Joau Palinya tarkibga jalb etildi. Bu ikki futbolchi o'z klublariga 19 yil kutilgan chempionlikni olib kelishdi. 

“Sporting” akademiyasi butun Evropa futboliga tasir o'tkazadi. “SIES” (Xalqaro sport tadqiqotlari markazi) malumotlariga ko'ra, jamoa Evropaning yuqori ligalarida o'ynagan tarbiyalanuvchilari soni bo'yicha to'rtinchi o'rinni (“Ayaks”, “Partizan” va “Dinamo Zagreb”) egallab turibdi.

Dunyodagi eng yaxshi futbol maktablaridan biri qanday ishlashini tushuntirishga harakat qilamiz.

Dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Luish Figu va Krishtianu Ronaldularni aynan “Sporting” akademiyasi etishtirib bergan. Ronaldu 12 yoshida, Figu esa, 13 yoshida jamoaga qo'shilgan.

Krishtianu Ronaldu hikoyasi

1997 yilda Madeyradagi “Sporting” muxlislar klubi prezidenti Aurelio Pereyrani (akademiyaning uzoq yillik direktori) chaqirib, orolning uchta professional klubidan faqat bittasida maktab ko'rgan iqtidorli bola borligi haqida so'zlab berdi. Pereyra skautlarni yubordi, ammo fursatni boy berdi. Belgilangan soatda “Nasonal”ning yana bir yoshlar jamoasi o'ynamoqda edi.

Yosh Ronaldu o'sha erda edi. Pereyraga qo'ng'iroq qilish uchun 30 daqiqa davomida uning o'yinini tomosha qilish etarli bo'ldi. SHunday qilib Krishtianu Lissabonga taklif qilindi.

Avvaliga juda qiynaldi: qarindoshlarni sog'inish tufayli ko'z yosh to'kdi, o'zining tug'ilgan maskani Madeyraga ketgisi kelaverdi (garchi yigitlarga yiliga bir-ikki marta sayohat qilishlariga ruxsat berilsa ham). Bundan tashqari o'qish bilan bog'liq muammolari mavjud edi va sinfdoshlari uni talaffuzi tufayli masxara qilishardi. 

U uchun shaxsiy psixolog yollashdi va Madeyradan murabbiy taklif qilindi. SHu kundan boshlab Ronaldu nihoyatda samimiy insonga aylandi.

Krishtianuning sog'lig'i yaxshilandi, biroq mensimaslik ruhi saqlanib qoldi. Bir kuni u echinish xonasidagi o'rnini yig'ishdan bosh tortdi. “Sporting” rahbariyati bunga chora qo'lladi va Ronaldu “Maritimo” bilan o'yin qaydnomasidan olib tashlandi. Zotan, maydonda etakchi bo'lgan hujumchi g'azab bilan murabbiyga baqirdi, o'yinni teng baholashni talab qildi, ammo vaziyat o'zgarishsiz qoldi.

Ronaldu o'zgardi. U maydonda hissiyotli bo'lib qoldi, xatolari uchun sheriklariga ko'p tanbeh berdi, lekin jamoasi uchun maksimal foyda keltirdi. Akademiya rahbariyati bu munosabatni yuqori baholadi, ammo maydon tashqarisidagi o'zboshimchaliklariga qarshilik qildi.

Aytgancha, aynan “Sporting”da Ronaldu o'zining ideal sport formasiga kira boshladi. Jismonan baquvvat va abjir yigitga aylandi.

Aureliu Pereyra Krishtianu o'z ustida qanday ishlaganini esladi:”Yoshlar jamoasi uchun yangi baza barpo etilayotganida, yigitlar qarorgohda yashaydilar. Yaqin atrofda yo'l bor edi. Ronaldu har kuni ertalab ko'chaga chiqib, oyoqlariga og'ir narsalarni bog'lab, svetoforning yashil chirog'i yongan paytda yugurish mashqlarini bajardi. Bu o'zidagi kuch va tezlikni oshiradi, reakciyasini yaxshilaydi deb ishongan”.

SHu davrdan boshlab uning suratlari akademiyaning devorlarida ilina boshladi. U haqiqiy etakchiga aylanayotgan edi. 

2020 yil sentyabr oyida Krishtianuning maqomi rasman tasdiqlandi: akademiyaga uning nomi berildi. Rasmiy bayonotda “Krishtianu Ronaldu nomidagi akademiya “Sporting” klubining mukammalligini o'zida mujassam etadi”, deb yozib qo'yildi.

Luish Figu hikoyasi

“Sporting” bazasida Luish Figuning rasmlari ham etarli. Ushbu istedodni kashf etish yanada g'aroyib bo'lgan. Skautlar Figuni Almada shahridagi ko'chalardan birida kichik futbol o'yinida ko'rishgan. Biroq katta futbol 13 yoshli bolakay uchun juda mos keladi. Figu hech qachon o'zining noyob texnikasi bilan ajralib turmadi. U jamoaviy futbolning bir qismi sifatida ulg'aydi. 

Luish Figu beshta tilni yaxshi biladi, Portugaliyada bar va restoranlarni boshqaradi hamda sil kasalligi mavjud bo'lgan odamlarga xayriya dasturlari orqali yordam beradi. “Barselona”dan “Real”ga o'tgach, muxlislarning ko'p yillar unga bo'lgan nafratidan ko'ra, albatta, bunday ishlari ustunroq ko'rinadi.

Muxlislar klubi prezidenti - Aureliu Pereyra

2002 yildan beri “Sporting” yoshlar bazasi Alkocheteda  joylashgan. Poytaxtdan yarim soatlik yo'lda, Tagus daryosi yaqinidagi yaylovlar bo'yida joylashgan hududda ettita futbol maydoni, tibbiyot markazi, sport zali mavjud. Futbol o'ynash uchun juda mos va shovqinlarsiz hudud. 

Pereyra har bir tashrif buyuruvchi haqida hisobot tuzgan va oddiy odamlar bilan yaqin aloqada bo'lgan. Odamlar “Sporting”ga yordam bera boshladi. Muxlislar faqat foydali tavsiyalar uchun mukofotlandi. Ronaldu haqida ham, muxlislar klubi prezidenti xabar bergan.

Aurelio butun hayoti davomida klubga sadoqatli edi va 14 yoshida uning o'zi akademiyaga kelgan, deyarli 60 yil davomida jamoa bilan birga bo'lgan.

Muvaffaqqiyatning yana bir siri

Yoshlar futboli direktori asosan mahalliy bozorlarga etibor qaratadi. “Portu”va ”Benfika” akademiyasi asosan o'smir futbolchilarga etibor qaratsa, “Sporting” 9-11 yoshli bolalarni jamoaga olib keladi. 

Bazan bitta o'yin hamma narsani hal qiladi. Pereyra terma jamoa darvozaboni Rui Patrisioni kuzatgan yillarini shunday eslaydi: “U hujumchi sifatida o'ynadi, alohida narsa yo'q. Ammo bir marta “Leysiya” akademiyasida u darvozani ishg'ol qildi - bizning skautimiz negadir undan ajoyib darvozabon yarataman deb aytgan edi”. 

Patricio 12 yoshli bolakay sifatida “Sporting”ga umrining 18 yilini berdi, “Vulverxempton”ga transferidan klub 18 million evro ishlab oldi.

“Sporting”ning sobiq futbolchisi Fernando Nelson buni quyidagicha izohladi: “Klubning asosiy daromad manbayi yoshlarga bog'liq. Ular yosh yigitlarga eng yaxshi sharoitlarni yaratib berpdilar va shuna yarasha foyda ko'riadilar. “Sporting” akademiyaga sarmoyani keyingi transferlar orqali to'laydi, bu orqali jamoa moliyaviy barqarorlikka erishadi. So'nggi besh yilni oling: Adrien Silva (13 yoshida olib kelingan) “Lester”ga 25 million evro evaziga ketdi, Jelson Martinsh (15 yoshida olib kelingan) “Atletiko”ga 22 millionga, Joau Mariu (11 yoshida olib kelingan) “Inter”ga 40 millionga. Arzimagan sarmoyalar bora-bora katta pulga aylanadi.

“Sporting”ning barcha jamoalari 4-3-3 tak-tikasida o'ynamoqda, ammo akademiya o'ziga xos o'yin tamoyillaridan voz kechdi. Murabbiylar doimiy ravishda “Ayaks”, “Barselona” va Janubiy Amerika klublari bilan tajriba almashish va boshqa falsafalar bo'yicha bilimlarni o'rganish uchun malaka oshiradilar. 

Ammo Portugaliyaning yoshlar jamoalarida yana bir farq qiluvchi xususiyat mavjud:

“Biz har doim qanot himoyachilariga ixtisoslashganmiz”,- deydi darvozabonlar murabbiyi Migel Miranda. 

Murabbiylar markazdagi o'yinchilarning masuliyatini kamaytirishadi, ulardan qanotga tezroq pas berishni so'rashadi, qanot futbolchisida dribling qilish va vaziyatlar yaratish uchun etarlicha vaqt bor. Ronaldu, Figu, Nani va Kuarejma aynan shu uslubning namoyandalari hisoblanadi. 

“Sporting” o'z imidjini ana shunday o'yinchilar orqali shakllantiradi va butun dunyo Portugaliyaning eng yaxshi yosh dribling ijrochilari bu erdan etishib chiqishini yaxshi biladi. 

Ammo klub ichida qatiy kun tartibi hukmronlik qiladi: soat 16:00 gacha maktab, har kuni kechqurun mashqlar, bir soat sport zalida mashqlar, mushaklarning ko'p ishlashiga etibor beriladi. Luish Martinshning fikriga ko'ra, maydonga o'tish bilan bog'liq muammolar ham simulyatorlarning noto'g'ri yuklanishi bilan bog'liq bo'lishi mumki: bolalar shunchaki oyoqlarida kuch sezmaydilar.

Guardian’ jurnalisti Aleks Klefam mashg'ulotda birinchi bo'lib ajoyib driblingdan so'ng gol urgan va bir necha daqiqadan so'ng uchta oddiy uzatishni amalga oshirolmagan yigitni ko'rib hayron qoldi. Ertasi kuni Migel Miranda vaziyatni quyidagicha tushuntirdi:”U jamoadan chetlatiladi. Biz har uch oyda bir marta jismoniy testlarni o'tkazamiz, bu yigit biz talab qilgan darajada emas. Masalan, futbolchining tizzalari yoki bo'g'imlari professional futbolga mos keladimi yoki yo'qligini oldindan o'rganamiz. Bu yigit standartlarga javob bermaydi”.

Yaxshi jismoniy tayyorgarliksiz “Sporting” o'ynay olmaydi. Ammo tanadan ham muhimroq narsa bor - psixologiya.

Ichki muhit

Akademiyada o'ziga xos muhit mavjud: murabbiylar futbolchilarga baqirishmaydi, Nani “Benfika”dan ko'ra “Sporting”ni afzal ko'rdi, chunki u jamoada do'stlar orttirdi. “Sporting” Nani transferidan 25 million evro ishlab oldi va u “Manchester Yunayted” bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqdi hamda to'rt marta APL chempioni bo'ldi. Futboldagi katta yutuqlar portugaliyalikka katta oilasini Santa Filomena qishlog'idan olib chiqishda yordam berdi, u erda futbolchining o'zi ochlikdan aziyat chekkan va xaroba uyda yashagan. Uyning ichida kalamushlar va kaltakesaklar bo'lgan.

Aurelio Pereyra klub va futbol maktabiga keladigan har bir yigit o'rtasidagi azaliy rishtani takidlaydi:”Agar bizga uzoqdan bola kelsa, maqsadimiz uni akademiyaga yaxshi tarzda qo'shib qo'yishdir. Bir kun kelib buyuk bo'lishi mumkin bo'lgan yoshlar hayotidagi keskin o'zgarishlar uchun biz javobgarmiz. Biz ularni ham futbolchi sifatida, ham erkak sifatida rivojlantirishga intilamiz”.

“Sporting” akademiyasidan “Tottenxem”ga o'tgan himoyachi Erik Dayer shunday eslaydi:”Sporting”da odobli odamlarni tarbiyalashadi va bu bilan faxrlanadi. To'p bilan yomon muomalada bo'lganingiz uchun sizni kechirishadi, ammo siz birovga nisbatan hurmatsizlik qilsangiz, albatta jazolanasiz. Akademiyada hech bo'lmaganda bir marta baqiriq ovozini eshitmaganman.

Angliyaga kelganimda murabbiylar yigitlarga tanbeh berayotganini ko'rdim, butun o'yinni baqirib o'tkazishardi. “Sportingda murabbiy butun o'yin davomida zaxira o'rindig'ida o'tiradi va indamaydi. O'zingizning xatongizni anglaganingizda futbolni yaxshiroq tushunasiz. Uchrashuvdan keyin agar buni o'zingiz qilmagan bo'lsangiz, albatta, ular sizni to'g'rilashadi”.

“Sporting”ning ko'plab bitiruvchilari qiyin hayotdan qutulishdi, oilalariga pul bilan yordam berishdi va hozirgi kunda butun mamlakatni obod qilishmoqda. 

“Tirishqoqlik, fidoyilik va shon-sharaf!” - bu shior “Sporting” akademiyasiga kiraverishda hamma ko'radigan qilib yozib qo'yilgan.

Aytgancha, Portugaliya turnir favoriti ekanligini unutmang! 

Asosiysi, bu haqiqat!

Sports.ru saytidan Humoyun Oripov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика