Portugaliya. CHempionat to'puraridan ikkita gol, "Benfika"dan kutilmagan natija, Pele esa penaltidan gol ura olmadi
06 fev 2021 10:20
Yangiliklar


Portugaliya. CHempionat to'puraridan ikkita gol, "Benfika"dan kutilmagan natija, Pele esa penaltidan gol ura olmadi
Peshqadam "Sporting" safarda "Maritmu"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ikkala gol ham chempionat to'parari Pedru Gonsalvesh tomonidan urildi. Endi Gonsalveshning gollari soni 14taga etdi.
"Benfika" esa o'z maydonida kutilmaganda "Gimaraynsh" bilan nursiz durang qayd etdi - 0:0.
"Riu Ave" - "Nasonal" uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Pele 90+5-daqiqada penaltidan gol ura olmadi va o'yinda durang qayd etildi - 0:0.
Qolgan natijalar bilan tanishing va o'yinlarda urilgan gollarni tomosha qiling:
Riu Ave - Nasonal - 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Pele, 90+5 (darvozabon)
Benfika - Gimaraynsh - 0:0
Pasush - Tondela - 2:1
Gollar: Tanke, 2 (1:0). Pedru, 66 - penalti (1:1). Pedru, 85 (2:1)
Boavishta - Jil Visente - 1:2
Gollar: Lino, 24 - penalti (0:1). Paulinyu, 44 - avtogol (1:1). Baraye, 86 (1:2)
Maritimu - Sporting - 0:2
Gollar: Pedru Gonsalvesh, 9 (0:1). Pedru Gonsalvesh, 57 (0:2)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar