Portugaliya. "Benfika", "Portu" va "Sporting"dan g'alabalar
21 dek 2020 11:57
Yangiliklar


Portugaliya. "Benfika", "Portu" va "Sporting"dan g'alabalar
Portugaliya chempionatida 10-tur o'yinlari davom etmoqda.
Ushbu turda peshqadam "Sporting" o'z maydonida "Farense" ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona gol so'nggi soniyalarda penaltidan urilgani etiborga molik.
Ikkinchi o'rindagi "Benfika" safarda "Jil Visente"ni taslim etdi - 2:0.
Amaldagi Portugaliya chempioni "Portu" o'z maydonida Sardor Rashidovning sobiq klubi "Nasonal"dan ustun keldi - 2:0.
Jil Visente - Benfika 0:2
Gollar: Rodrigao, 59 - avtogol (0:1). Everton, 65 (0:2).
Portu - Nasonal 2:0
Gollar: Serjiu Oliveyra, 21 - penaltidan (1:0). Marega, 39 (2:0).
Sporting - Farense 1:0
Gol: SHporar, 90+1 - penaltidan (1:0).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar