"Portu" Xamesning vaziyatini kuzatmoqda
03 avg 2021 08:42
Yangiliklar
"Portu" Xamesning vaziyatini kuzatmoqda
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.
"Portu" tez orada yangi jamoa topishga umid qilayotgan 30 yoshli kolumbiyalikning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.
Oldinroq, "Milan" yangi mavsumda "ko'klar"ning yangi ustozi Rafael Benites ishonch bildirmayotgan o'yinchi borasida "Everton" bilan kelishuvga erishishgani yaqinligi xabar qilingan edi.
Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum "Everton" tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar