"Portu" va "Al Hilol" sobiq hujumchisi "Nasaf"ning OCHLdagi guruhdoshi safiga o'tdi
11 sen 2023 20:45
Yangiliklar


"Portu" va "Al Hilol" sobiq hujumchisi "Nasaf"ning OCHLdagi guruhdoshi safiga o'tdi
"Nasaf" klubining OCHLdagi guruhdoshi "SHarja" klubi Mali terma jamoasi hujumchisi Mussa Maregani o'z safiga qo'shib oldi.
Malumot uchun, Marega 2017-2021 yillarda "Portu" klubi safida 126ta o'yinda 52ta gol urgan. 2021-2023 yillarda "Al Hilol" tarkibida 49ta o'yinda 18ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" "SHarja"ga qarshi 23 oktyabr kuni safarda va 6 noyabr kuni Qarshida o'yin o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar