Polshaga qarshi o'yinda Franciyaning 4 nafar futbolchisi chetlatilgani uchun o'yin to'xtatildi
26 sen 2022 20:27
Yangiliklar


Polshaga qarshi o'yinda Franciyaning 4 nafar futbolchisi chetlatilgani uchun o'yin to'xtatildi
Franciya U-18 terma jamoasining polshalik tengqurlariga qarshi bahsi janjalli ravishda o'tdi.
"Sent-Eten"ning yosh futbolchisi Darnell Bayl 75-daqiqada raqibiga bosh bilan zarba bergani uchun chetlatildi, shundan so'ng o'yin muddatidan avval yakunlandi.
16 yoshli futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgach, francuzlar etti kishi bo'lib qoldi, bu esa qoidalarga ko'ra, raqib jamoaga texnik g'alaba yozilishini taminlardi.
Bungacha franciyalik yosh futbolchilar Iles Xousni, Januel Belocian va Malang Gomis 55, 61 va 72-daqiqalarda chetlatiladi. O'yinda qayd etilgan 3:2 hisobida esa bekor qilindi.
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 2
13:12
O'zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi: "Penaltilardan foydalanishni ko'p marotaba mashq qilgandik" 43

Fikrlar