Polsha termasi bosh murabbiyi: "Levandovski uchun afsusdaman"
23 noy 2022 17:37
Yangiliklar
Polsha termasi bosh murabbiyi: "Levandovski uchun afsusdaman"
Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi CHeslav Mixnevich JCH-2022 1-turi doirasidagi Meksikaga qarshi uchrashuvda (0:0) penaltidan unumli foydalana olmagan hujumchi Robert Levandovskiga rahmi keldi.
"O'yindan so'ng men Robertga unga hamdard ekanligimni aytdim. Uning xafa bo'lgani, singani aniq edi. Aksiga olib kiyinish xonamizda monitorlar bor va o'yindan so'ng ular orqali bir necha bor penaltini namoyish qilishdi. Robert ham ko'rdi.
Unga qanday yordam bera olaman? Menimcha, u o'zi bunday jarayondan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. U hammasini hazm qilishi kerak. Jamoa ham uni qo'llab-quvvatlashga doim tayyor. Bilaman, Robert bu golni orzu qilgandi. U uchun afsusdaman, lekin ko'plab buyuk futbolchilar yirik musobaqalarda penaltidan gol ura olishmagan", – dedi mutaxassis.
Polsha 2022 yilgi Jahon chempionatidagi navbatdagi o'yinni 26 noyabr kuni Saudiya Arabistoni termasiga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar