So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Polsha murabbiyi: "Ikkala golni ham xato tufayli o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Polsha murabbiyi: "Ikkala golni ham xato tufayli o'tkazib yubordik"

Polsha terma jamoasi ustozi Adam Navalka Senegalga qarshi JCH-2018 1-tur uchrashuvidan (1:2) so'ng, o'yin haqida fikr bildirdi.

"Mag'lubiyatning asosiy sababi nima ekanligini aytish qiyin. Salbiy tomonlarimiz ko'p edi.

O'ylaganimizdek o'ynay olmadik. Reja ish bermadi. Hujum chizig'imizning bor kuchini ko'rsatmoqchi edik. Ko'proq to'pga egalik qildik, ammo nima foyda? Tabloda hisob boshqa.

Jamoamizning hech bir futbolchisi yaxshi o'ynadim deya olmaydi. Aniqdik etishmadi. Ayniqsa birinchi bo'lim ko'ngilni xira qildi.

Har safar xatolarimiz tufayli gol o'tkazdik. Jahon chempionatida hech kim sizni kechirmaydi.

Ikkinchi o'tkazgan golimiz tushunmovchilik. Krixovyak tibbiy xizmatdan so'ng maydonga tushgan futbolchlini ko'rmadi.

Futbolimiz sifati bunday emas, biz yaxshiroq o'ynay olamiz.

Oldinda Kolumbiyaga qarshi bahs bor. Sodir bo'lgan voqeani muhokama qilib, tiklanish kerak.

Glik o'ynaydimi? Hozircha bu savolga javobim yo'q. SHifokorlar nima desa shu" - deydi Navalka.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика