Pol Skoulz: "Ten Xagning bahonalari tugab boryapti"
08 okt 2024 00:31
Yangiliklar


Pol Skoulz: "Ten Xagning bahonalari tugab boryapti"
Erik ten Xag jamoasi APL jadvalida 7ta turdan so'ng 8 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi.
"Ular yozda pul sarflashdi. Boshqa bahona yo'q. Bu ten Xag jamoasi. U jarohatlar bilan o'zini oqlayapti. Jamoa uchun ko'p pul ishlatildi. Bahonalar tugab boryapti.
Xatto mavsum boshida u quyidagi gaplarni aytgandi: "Futbolchilarim yosh". U tarkibni kuchaytirish uchun xaridlar amalga oshirdi. Ugarte - yorqin misol. Endi esa u maydonga tushmayapti.
Ular chaqirayotgan futbolchilarni xarid qilish judayam oson. Bu yigitlar "Arsenal", "Manchester Siti", "Barselona" yoki "Real" bilan bellasha olmaydi.
MYU o'z jamoasida o'ynay olmayotganlarni yig'ib kelmoqda. De Ligtni eslang: U "Bavariya"da tarkibga kira olmayotgan edi. Ugarte esa PSJda" - dedi Skoulz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar