Pol Skoulz ten Xagdan xavotir olayotganini aytdi
09 avg 00:29
Yangiliklar
Pol Skoulz ten Xagdan xavotir olayotganini aytdi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz rahbariyat Erik ten Xagni qo'llab-quvvatlab, jamoada olib qolgani borasida gapirdi.
"Undan xavotir olyapman. U mavsumni yaxshi boshlashi kerak. Start o'tgan mavsumlardagidan ko'ra yaxshiroq bo'lishi kerak.
Klub uni bosh murabbiy qilib tayinlaganida bundan xursand bo'lgandim. CHunki barqarorlik g'oyasi menga yoqadi. CHunki bungacha g'alati tarzda murabbiylar olib tashlanayotgandi.
Biroq boshqa tomondan olib qaralsa, birinchi mavsumdan keyin unda yaxshilanish, o'sish kuzatilishi kerak edi. Biroq ishlar juda yomonlashib ketdi", - dedi Skoulz.
Fikrlar