Pol Skoulz kechagi g'alabadan so'ng MYUni tanqid qildi
25 okt 2019 13:14
Yangiliklar


Pol Skoulz kechagi g'alabadan so'ng MYUni tanqid qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoadagi holat haqida gapirdi.
"Jamoaga haqiqatdan ham ijodkorlik etishmayapti. Jamoada nafaqat kesuvchi paslarni beradigan, balki gollar uradigan haqiqiy "10-raqam" yo'q.
SHuningdek, o'yinda to'pni orqaroqdan olib hujumga muvaffaqiyatli tarzda etkaza oladigan futbolchi etishmayotgandir.
Ammo, ko'proq "10-raqam" kerak deb o'ylayman. Hozirgi hujumchilar uncha yaxshimas", - deydi Skoulz.
MYU APLdagi 9 turdan so'ng jadvalda 14-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, MYU kecha Evropa Ligasi 3-tur doirasida "Partizan" (1:0)ni penaltidan urilgan gol hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar