Pol Pogba: "Oltin to'p"ga davogarlik qilish uchun ECHLni yutish lozim"
19 may 2016 23:03
Yangiliklar
Pol Pogba: "Oltin to'p"ga davogarlik qilish uchun ECHLni yutish lozim"
"Yuventus" hamda Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba ushbu mavsumda ko'rsatgan o'yini xususida gapirib o'tdi.
"Futbolchi sifatida ushbu mavsumda katta o'sishga erishdim. Pirlo va Teves jamoadan ketganidan so'ng meni bo'ynimga katta masuliyat yuklandi.
"Oltin to'p"? Ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun ECHLda g'olib bo'lmoq lozim. Biz hozirda Italiya kubogi finalida g'alaba qozonib, "oltin dubl"ni qayd etmoqchimiz. Keyingi reja va maqsad esa ECHLda muvaffaqiyat qozonish hisoblanadi. Har doim finallarni yutish zarur. Italiya kubogida muxlislarimizni xursand etib, yana bir sovringa ega chiqmoqchimiz. Tarixda o'z nomimizni yozib qoldirishda davom etmoqchimiz", - deydi Pogba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar