Pol Pogba JCH-2022ni o'tkazib yuborishi mumkin
28 iyu 2022 07:07
Yangiliklar
Pol Pogba JCH-2022ni o'tkazib yuborishi mumkin
"Yuventus"ning franciyalik futbolchisi Pol Pogba Qatarda o'tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin.
Ayni paytda Pogba tizzasini davolash bo'yicha mutaxassis bilan maslahatlashmoqda. Operaciya qilinadigan bo'lsa, davolash uchun ketadigan uzoq vaqt sababli Pogba jahon chempionatida Franciya terma jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
U o'tgan hafta Los-Anjelesdagi mashg'ulotlar vaqtida jarohat olgandi va Italiyaga qaytib ketgandi.
Fikrlar