Pol Le Guen: "Ikkala o'yinda ham yutishimizni kutmagandim"
29 may 2014 21:09
Yangiliklar
Pol Le Guen: "Ikkala o'yinda ham yutishimizni kutmagandim"
O'zbekiston - Ummon (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ilk qismida mehmonlar bosh murabbiyi Pol Le Guen ishtirok etdi.
"Eng avvalo O'zbekiston tomonidan bizga ko'rsatilgan mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldinlari bu mamlakatga kelmagandim, endi ushbu davlatni ko'rib uni yoqtirib qoldim", - deb gap boshladi Pol Le Guen.
"Bugungi natijadan qoniqdim. Men baxtliman. Ikkala bahsda O'zbekistonni mag'lub etishimizni rosti kutmagandim. Bugun ham, ikki kun oldin ham darvozabonlarimiz ajoyib o'ynashdi. SHu bois biz g'alabaga erishdik".
"JCH-2014 pley-off bosqichiga Iordaniya emas biz chiqishimiz mumkin edi, ammo Ummon milliy ligasi u qadar yuqori emas. SHu bois shogirdlarim muhim pallada o'zlarini ko'rsata olishmadi".
"2015 yil yanvar oyida Avstraliyada ko'rishguncha. Ko'rsatilgan mehmondo'stlik uchun yana bir bor rahmat aytaman", - deydi Pol Le Guen.

Fikrlar