Pogbaning shaxsiy murabbiyi: “Iyunda uni MYUda ko'rmasak kerak”
13 mar 2022 08:55
Yangiliklar
Pogbaning shaxsiy murabbiyi: “Iyunda uni MYUda ko'rmasak kerak”
“Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogbaning murabbiyi Meddi francuz katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etishini aytdi.
“Iyun oyida u “Manchester Yunayted”da qolmasa kerak deb hisoblayman. O'ylashimcha, u boshqa jamoani izlagani yaxshiroq bo'ladi. Ehtimol, MYUdagilar ham tarkibni yangishni xohlayotgandir. Yangi emociyalar, yaxshi chaqiruv, yangi sharoitlarni sinab ko'rish kerak.
Hozirda ularda yaxshi jamoa bor. Muammo esa hech qanday natija yo'q. U sovrinlar uchun kurashmoqchi. Pogba “Yuventus”ga qaytishi mumkin, u mazkur klub bilan yaxshi munosabatda”, deydi futbolchining murabbiyi.
Fikrlar