Pogba: “Sulsher jamoada qolishini istaymiz”
20 mar 2019 19:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/484561_original.jpg)
![](/upload/storage/484561_220.jpg)
Pogba: “Sulsher jamoada qolishini istaymiz”
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba jamoasi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Albatta biz barchamiz u jamoada qolishini istaymiz. Natijalarimiz alo darajada. Men u bilan ajoyib munosabatdaman, Sulsher ham futbolchilar bilan juda yaxshi munosabatni o'rnata olgan.
Qachonki futbolchi jamoasidan rozi bo'lsa, u doim shunday bo'lishini istaydi. Sulsher aynan shuning uchun ham hurmatga loyiq. U klubni va klub haqida hamma narsani biladi.
Murabbiyimizning asosiy muvaffaqiyati futbolchilarda o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytara olganida, deb bilaman. Bu bizga erkinlik berdi, yana futboldan zavq ola boshladik”, deydi Pogba.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar