Pogba PSJ yoki "Yuventus"ga o'tish uchun maoshining qisqarishiga tayyor
05 may 2022 11:01
Yangiliklar
Pogba PSJ yoki "Yuventus"ga o'tish uchun maoshining qisqarishiga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba PSJ va "Yuventus" bilan muzokara olib bormoqda.
Francuzning MYU bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Parijliklar va turinliklar o'yinchi uchun bosh davogar hisoblanishadi.
Kuni kecha Pogbaning agentlari klublar bilan muzokara olib bordi. Xavbekning hozirgi maoshi yiliga 17 mln evroni tashkil etadi, ammo o'yinchi Parijga yo'l olish yoki Turinga qaytish uchun o'z talablarini pasaytirishga tayyor.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar