Pogba: "Manchester Yunayted" CHLda o'ynashga munosibligini isbotlamoqchimiz"
12 sen 2017 17:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/277283_original.jpg)
![](/upload/storage/277283_220.jpg)
Pogba: "Manchester Yunayted" CHLda o'ynashga munosibligini isbotlamoqchimiz"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba o'z jamoasining CHempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishi borasida fikr bildirdi.
Mankunianlar "A" guruhida "Benfika, CSKA va "Bazel" bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
"Manchester Yunayted"ga CHempionlar ligasida o'ynash uchun o'tganman. O'tgan mavsumda bu klubga o'tayotib, Evropa ligasida o'ynashga to'g'ri kelishini bilganman, shu sababli turnirda g'olib bo'lib CHLga qaytishni maqsad qilgandim. Bunga erishdik.
Ko'pchilik guruhimiz oson deb aytmoqda, biroq CHempionlar ligasida oson bo'lmaydi. Hamma "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishni istaydi, bu turnirda o'ynashga munosib ekanligimizni isbotlamoqchimiz.
CHempionlar ligasi madhiyasini yana eshitish xohishi meni kuchga to'ldirdi. Bu qo'shiqni eshitsang, eting jimirlaydi" - deydi Pogba.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar