Pogba "Man Yunayted"dan yangi shartnoma kutyapti
13 avg 2020 01:41
Yangiliklar
Pogba "Man Yunayted"dan yangi shartnoma kutyapti
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Evropa Ligasi yakuniga etgach, jamoa rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlanishiga umid qilmoqda.
Bu haqda Sky Sports nashri malum qildi. Futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyul oyiga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq MYU Pogbaga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo franciyalik xabek boshqa klublardan qiziqish bo'lgani tufayli rad javobini bergan edi. Endi vaziyat o'zgardi. Ingliz OAVlarining takidlashicha, Pogba kelajagini "Yunayted" bilan bog'laydi va klub bilan hamkorlik bitimini yangilamoqchi.
"Manchester Yunayted" ustozi Ule Gunnar Sulsher ham Pogba jamoada qolishiga ishonadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar